Tekshirish
|
Imlo xato
|
Uslubiy
|
Ishorat
|
Grafik xato
|
diktanti
|
turlari
|
xato
|
xato
|
turlari.
|
xato
|
|
turlari.
|
turlari.
|
|
turlari.
|
|
|
|
|
To‘ldirilgan jadval (o‘qituvchi oldindan to‘ldiradi - tinglovchi
qo‘liga berilmaydi)
Tekshirish diktanti xato turlari.
|
Imlo xato turlari
|
Uslubiy xato turlari.
|
Ishorat xato turlari.
|
Grafik
xato
turlari.
|
Tekshirish
|
Imlo xato
|
Uslubiy xato
|
Ishorat xato
|
Grafik
|
diktantidagi
|
turlari
|
turlari.
|
turlari.
|
xato
|
xato turlari.
|
1. So‘zda
|
Uslubiy xatolar
|
Ishorat xato yozma
|
turlari.
|
Uslubiy
|
harfning
|
tekshirish
|
ishlarning
|
Grafik
|
qo‘llanmalarda
|
tushib
|
diktantida,
|
barchasida
|
xato
|
xato ikki xil
|
qoldirilishi
|
ta’limiy diktant
|
uchraydi, ammo
|
boshlang‘ich
|
belgilanadi:
|
yoki
|
yozish jarayonida
|
tinish
|
sinflarga
|
jiddiy xatolar,
|
orttirilib,
|
kamdan-kam yuz
|
belgilarining
|
xos tipik
|
juzoiy xatolar.
|
so‘z
|
beradi. Uslubiy
|
hammasi
|
xato
|
Jiddiy
|
ma’nosining
|
xatolar ko‘proq
|
boshlang‘ich
|
turidir.
|
xatolar
|
o‘zgarishi:
|
bayon va insholarda
|
sinflarda (9 ta)
|
Husnixat
|
KEYS: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini
oshirish masalasi
Kirish. Boshlang‘ich sinfning har bir bosqichda doimiy bajarilishi zarur muhim ish turi lug‘at bilan ishlashdir.
Lug‘at bilan ishlash davlat ta’lim standartida belgilab qo‘yilgan. Har bir sinf ona tili darsligining oxirida lug‘at berilgan. Bu esa lug‘at ustida ishlashning mas’uliyatliligini belgilaydi. Umuman tilshunoslikning katta bo‘limi leksikologiya yana o‘z ichida leksikografiya, frazeologiya ham so‘z ma’nosi bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda faqat tilshunoslikka doir bir necha lug‘atlar - “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologiyasining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining paronimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining morfemik lug‘ati” va yana boshqa lug‘atlarga egamiz.
O‘zbek tilining lug‘ati bilan ishlash zarurligi shuni belgilaydiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi har bir ona tili darsida 4-6 so‘z, hamma darslarda bir kunda 8-10 yangi so‘zni o‘rganish talab etiladi. So‘z bilan ishlashda o‘quvchining puxta o‘zlashtirmagan so‘z ma’nosiga aniqlik kiritish, ularni ma’nosi yaqin so‘zlar bilan qiyoslash, so‘zning kinoyali ma’nosi, ko‘p ma’noliligi ustida ishlash, ma’noviy sinonimlarning ma’no nozikliklari ustida ishlash, ayrim frazeologik birliklar, tasviriy ifodalar bilan ishlash zarurati kelib chiqadi.
Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlardan o‘quvchilar nutqini tozalash ham muhim vazifadir. O‘quvchilar lug‘atini badiiy asarlarda uchraydigan yangi so‘zlar, chetdan o‘zlashgan so‘zlar, fanga doir atamalar bilan boyitish lozim.
Aynan ana shu masalalarni chuqur o‘rganish “Keys stadi”ga asoslangan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
• o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
So‘z ma’nosi nima?
vaziyat
So‘zdan nima anglashilsa, o‘sha so‘zning lug‘aviy ma’nosi bo‘lishi tushuntiriladi. “Dumaloq, bir tomoni oppoq, bir tomoni qip-qizil, shirin bu nima, o‘quvchilar?” - deyilsa, ular olma deyishlari, “Oppoq, yumshoq, momiqdek mayin nima?” - deyilsa, paxta deb nomlanishi mumkin.
Hikoya va mashq tarkibida o‘zlashgan so‘zlarga duch kelamiz. Maktab, kutubxona, singari so‘zlar ongimizga garchi singib ketgan bo‘lsa ham, bu so‘zlar arab tilidan olinganini, bank, marmelat so‘zlari polyak, ispan tillaridan o‘zlashganini, futbol ingilizcha ekanligini aytib izohlash mumkin.
O‘quvchi lug‘atini boyitadigan shunday usullardan foydalanish mumkin:
O‘quvchilarning uy sharoiti, atrof-muhit ta’sirida o‘quvchi nutqini “bezab turgan” turgan so‘zlardan xoli qilish, sheva so‘zlari, vulgar, jargon, argo so‘zlardan tozalash, turli qo‘pol so‘zlarni qo‘llashdan tiyilish; jinni, eshak, mol kabi haqorat so‘zlarni aytmaslik uchun bolalarni uyaltirish.
Mashq yoki matndan izoh talab so‘zlarni aniqlash va mavzu bayonidan avval so‘zni izohlash.
Matndagi so‘z ma’nosi izohlangach, uning o‘rniga sinonimini qo‘llash, so‘zning nozik ma’nosiga tushunib etish.
O‘sha so‘zni yanada yaxshiroq tushunish va nutq tarkibida qo‘llash uchun, so‘z ishlatishni faollashtirish uchun antonimlarini keltirish.
Ba’zi holat fe’li, harakat belgisini ifodalovchi so‘zlarning ma’nosini holat va harakat bilan amaliy izohlash.
Ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni qaysi tildan ekanligini, qaysi turkumga mansubligini, qanday lug‘aviy ma’noga egaligini aniqlash uchun izohli lug‘atlar orqali mustaqil ishlash.
Ana shu tayanch so‘zlar ishtirokida gap va kichik matn tuzish.
Ba’zi so‘zlarni ularning vazifasini izohlash orqali tushuntirish: Kombayn- bir vaqtning o‘zida, donni o‘radigan, yanchadigan, tozalaydigan
xo‘jalik mashinasi; aeroport - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo‘nadigan joy.
vaziyat
Sinonimlar ma’nosiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi.
To‘liq sinonimlar.
Ma’noviy sinonimlar.
Ma’noviy sinonimlar o‘z ma’nosiga ko‘ra leksik, morfologik, grammatik, frazeologik, sintaktik turlarga bo‘linadi.
Sinonimlar ma’no farqlari bilan nutqning ta’sirchanligini oshiradi, nutqni tushunarli qiladi, hissiy-ta’siriy bo‘yoqni ta’minlaydi.
Mashq turlari:
Berilgan sinonimik qatornga guruhlash. Vatan, maqsad, kitob, diyor, niyat, mamlakat, murod.
Berilgan so‘zga sinonim tanlash: osmon, ko‘k, samo, falak.
. Tushirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib matnni ko‘chirish. Sinonimlar ro‘yxati mashq ostida beriladi.
Sinonimlardan mosini qo‘yib mosini ko‘chirish. Sinonimlar qavs ichida beriladi.
Sinonim va ularga mos so‘z birkmasi hosil qilish uchun so‘zlab beriladi, so‘z birikmasi tuziladi.
Ibora va tasviriy ifodalar bilan ishlash
vaziyat
Ibora va tasviriy iboralar ham leksik birlikdir. Ibora, tasviriy ifoda, maqol, matallar nutqimiz ko‘rkidir. Ko‘ngli oq, qo‘li ochiq, tepasi tikka bo‘ldi, tuyaning dumi erga tekqanda, qizil qor yoqqanda kabi ibora va ibora matallar bilan 3-4 sinf o‘quvchilari tanishtirilishi mumkin.
O‘quvchilar fikrlashini, tafakkurini rivojlantirishda 1-2 sinflar uchun mantiqiy mashqlar qo‘l keladi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning predmet va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga keltiradi va ularga to‘g‘ri fikrlash usullarni o‘rgatadi.
Predmet nomlari va belgi bildiradigan so‘larni guruhlarga ajratish. Idishlar nomini, ish qurollari, o‘quv qurollariga berilgan so‘zlarni guruhlash o‘quvchilarning aqliy faoliyatlarini rivojlantiradi.
O‘quvchi qancha so‘z boyligiga ega bo‘lsa, uning og‘zaki va yozma nutqi ravon bo‘ladi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi.
Iboralar
|
Tasviriy ifodalar
|
|
|
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA - BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TINGLOVCHILARGA USLUBIY
KO‘RSATMALAR Tinglovchilarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. Mavzu haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.
|
Z.Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |