Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat A2+: 2 soat)
14-15-mavzu. O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” hikoyasi. (2 soat)
Yozuvchi hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Qiyomat qarz” hikoyasida aks ettirilgan inson kechinmalari, iztiroblari tasviri, hikoyadagi insoniy qadriyatlar talqini. Asarda millatga xos samimiylik, soddalik, bag‘rikenglik va irodalilikning ifodalanishi. Hikoya qahramonining qarzdorligi, kechinmalari va iztiroblarining haqqoniy tasvirlanganligi. Sarsonboy ota timsoli. Hikoyaning ahamiyati va ifoda tarzi. Hikoya orqali millatga xos halollik, o‘zganing haqidan qo‘rqish kabi insoniy sifatlarning ulug‘lanishi.
Nazariy ma’lumot. Hikoya haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |