Mavzu. O‘quvchilarning ijodiy o‘qishlariga oid mashqlar. (1 soat)
“Turobjon” (Abdulla Saidov), “Yaxshisi ham, yomoni ham til”, “Egilgan bo‘yinlar” ( Miraziz A’zam) asarlari.
Mavzu. Personajlar nutqini ifodali o‘qish xususiyatlari. (1 soat)
“Araz qopi” (Muhtarama Ulug‘ova) asari asosida personajlar nutqini ifodali o‘qish ustida ishlash.
Mavzu. Og‘zaki hikoyalashning ko‘rinishlari. (2 soat)
Matnga yaqinlashtirib hikoya qilish. So‘zlovchi shaxsini o‘zgartirib hikoya qilish.
Mavzu. Matn asosidagi ijodiy hikoyalash. (1 soat)
Qisqartirib hikoya qilish. “Ko‘chaga quvildim” (X.To‘xtaboev) asari asosida hikoyalash ustida ishlash.
Mavzu. Ifodali o‘qish va yuz ifodasi. (1 soat)
“Onajon” (Iqbol Mirzo), “Kapalak” (Zafar Diyor), “Havo rang kapalaklar” she’rlari asosida ifodali o‘qish ustida ishlash.
Mavzu. Ifodali o‘qish jarayonida imo-ishoralar, tana harakatlarining o‘rni va ahamiyati. (1 soat)
Topishmoq (Ulug‘bek Hamdam), “Bolalar” (Erkin Vohidov), “Shunday yashar odatda odam” (Abdulla Oripov) she’rlari asosida ifodali o‘qish ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |