O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylanta oladi;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga amal qiladi;
badiiy kitoblarni muntazam o‘qiydi va o‘rganadi, xulosa chiqaradi, ibrat oladi;
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha oladi, o‘zini nazorat qila biladi, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera oladi.
A2+
badiiy, publitsistik, ilmiy, ilmiy-ommabop, fan va texnika, san’at va boshqalarga doir kitoblarni muntazam o‘qiydi, o‘rganadi va xulosa chiqaradi, tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amaliyotda foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |