Mavzu. Hamza Imonberdiev. “Ohu”, “Sehrli mehr” she’rlari. (A2+:3 soat)
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning she’rida go‘zallik va ezgulik timsoli bo‘lmish ohuning hayotiga tahdid etib, uni qasoskorga aylantirgan odamlar va jonivorlar munosabati tasviri. She’rlarning o‘ta samimiy va ishonarli tasvirlanganligi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A2
badiiy asarlar asosidagi audiomatn, videotasvir va filmlarni ko‘rib, tinglab tushuna oladi;
badiiy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoyalay oladi;
o‘rganilgan asarlar asosida kichik insho yoza oladi;
masal va ertak qahramonlari haqida kichik insho (1-2 sahifa) yoza oladi;
turli janr va hajmdagi 2-4 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.
A2+
she’riy va nasriy nutq xususiyatlarini ifodali o‘qishda aks ettira oladi;
turli janr va hajmdagi 3-4 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |