63-65-mavzu. Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat)
Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Nido” dostonida insoniyat boshiga tushgan falokat – Ikkinchi jahon urushi keltirgan balolarning murg‘ak o‘smir taqdirida qoldirgan izning aks ettirilishi. Dostonda bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari haqqoniy tasvirlanganligi. Doston nomining ramziyligi.
66-68-mavzu. Abdulla Oripov. “O‘zbekiston” she’ri. (3 soat, A2+: 4 soat)
A. Oripov hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“O‘zbekiston” qasidasida ona yurt o‘tmishining g‘oyat ta’sirli va millat tarixi bilan uyg‘un holda tasvirlanganligi. Asarda buyuk ajdodlarni ulug‘lashdagi samimiyat. Shoirning Vatanga bo‘lgan muhabbatining yorqin ifodalanishi. Qasidaning badiiy xususiyatlari. Ifodali o‘qish mashqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |