Amaliy mashg’ulot: o’qituvchi nazorati ostida amaliy mashg’ulot jarayonida bajariladigan ishlar amalgam oshiriladi. O’quvchilarni mеtallga ishlov bеradigan stanoklarning turlari, tuzilishi, asosiy qismlari va ularda bajaradigan ish usullari bilan tanishadilar. O’quvchilarni stanoklarning turlari va tuzilishi to’g’risidagi bilimlarni berishda kichik guruhlarga ajratgan holda tanishtirish samarali hisoblanadi.
Amaliy mashg’ulot yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash va baholash.
O’qituvchi o’quvchilarga metallga ishlov berishda qo’llaniladigan stanoklarning turlari, tuzilishi, parmalash, frezalash va tokarlik-vint qirqish stanoklari haqida test topshiriqlarini tarqatadi, ular bilan individual tartibda qisqa suhbat o’tkazadi va ularni baholaydi. O’quvchilarni baholashda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari hisobga olinishi kerak. O’quvchilarga qo’yilgan baholar izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |