3. Ko‘klam –yashnaydi olam (9 soat)
“Ko‘klam – yashnaydi olam” bo‘limida fasllar kelinchagi, yashash-yasharish faslining o‘ziga xos xususiyatlari, inson hayoti va uning tabiatga ta’siri haqida hikoya qilingan asarlar o‘rin olgan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Bahor. 2.Lola. 3.Ona allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq.
6.Qushcha. 7. Quyoshdan erta turib. 8.Navro‘z bayrami. 9.Navro‘z.
4. Ilm – aql chirog‘i ( 9 soat)
“Ilm – aql chirog‘i” bo‘limiga kiritilgan badiiy asarlarni o‘qish bolalarga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ilm olish aqliy tafakkur, ma’naviy kamolot taraqqiyotiga ta’sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Maktab – oftob qo‘shig‘i. 2. Kitobni asrang. 3.Kitob - mening do‘stimsan.
4.Kompyuter. 5.Yaxshi niyat. 6.Toshbaqa va quyon.
Do'stlaringiz bilan baham: |