12-mavzu: Transportda yurish odobi. Yo‘nalishi belgilangan transport
vositalarining bekatlari va piyodalarning o‘tish joylari (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini aniqlash, transport vositasi harakatlanayotganda jarohatlanganlarga dastlab tibbiy yordam ko'rsatish, transport vositalarining harakatini tushuntirish.
13-mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi(8 dekabr – Konstitutsiya kuni
munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Tenglik va hurlik ramzi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |