5-mavzu: Gaz va elektr manbaini tejash. (1 soat)
Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
6-mavzu: Bir og‘iz shirin so‘z (filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish. (1 soat)
Shirin so’z - dardga davo. Muloqot madaniyati va jamoat joylarida telefondan foydalanish qoidalari.
7-mavzu: Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari).
Ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatini hamda svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari ko`nikmalarini shakllantirish
8-mavzu: Ona tilim – mening iftixorim! (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |