21-mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida. (1 soat)
Bugungi kunda BMTga 192 davlat kiradi. Shu jumladan Markaziy Osiyodagi barcha respublikalar. O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston unga bir kunda, 1992 yilning 2 martida qabul qilingan. BMT butun dunyoda tinchlikni saqlash, global muammolarni hal etish, ochlik va kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot ekanligi.
22-mavzu: Piyodalarning yakka, guruh bo‘lib va jamlanma harakatlanishi (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Barcha haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari, ko‘cha va yo‘l harakati qoidalarining buzilmasligini nazorat qilish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati - DYHXX xizmat qiladi. Bu militsiyaning maxsus qismidir. Ular yo'llarda tartib saqlanishini ta’minlaydilar, odamlarning hayotlarini va sog'liklarini himoyalash to`g`risidagi tushunchalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |