22-mavzu: Did bilan kiyinish odobi. (1 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalari jumladan maktab, oila va to‘ylarda kiyinish odobi tushunchalarini shakllantirish.
23-mavzu: Qush uyasida ko‘rganini qiladi. (1 soat)
“Katta karvon qayerdan yursa, kichigi ham o’sha yerdan yuradi”, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqollarining mazmuni va mohiyati.
24-mavzu: Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |