31-mavzu: Axborot - ishora belgilari (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Eng muhim belgilar haqida tushuncha berish.
32-mavzu: Kitobim – oftobim. (1 soat)
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Yaxshi dam – o‘qishga hamdam. (1 soat)
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |