Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini biladi, unga rioya qiladi, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘la oladi;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi;
muomala madaniyatiga amal qila oladi;
kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘la oladi;
oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay oladi;
maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash, farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga amal qila oladi;
suv, elektr manbalarini tejashda faol ishtirok eta oladi;
sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylay oladi.
A1+
maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok eta oladi;
o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini biladi;
maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |