Birinchi topshiriq - audioresurs bo'yicha tinglab tushunish.
Sinf xonasida har bir partada 1 nafardan o„quvchi joylashtirilib, tanlangan biletdagi mavzu yuzasidan audiolavha eshittiriladi. O„quvchilarning har biriga varaqlar berilib, audiolavhani tinglagan holda tushirib qoldirilgan so„zlarni to„ldiri b yozishlari talab etiladi. Varaqlardagi bo„sh qoldirilgan so„zlar soni 5 tadan iborat bo„ladi. Audiolavha 3 martagacha eshittirilishi mumkin. Ushbu topshiriq
ballik tizim asosida to„g„ri yozilgan har bir so„z 1 balldan baholanadi. Audiolavhalar o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikmava malakalardan kelib chiqqan holda darsliklarning audio ilovasidantanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |