23-mavzu: Qadriyatlar beshigisan mahallam.
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
24-mavzu: Jannat onalar oyog‘i ostidadir (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Ilmiy – texnikaviy yangiliklarning inson hayotidagi o‘rni (fizika, kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |