21-mavzu: Dono bobolar o‘gitlari. (xalq maqollari va matallari haqida)(1 soat)
O`quvchilarning xalq maqollari va matallarini hamda vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.
22-mavzu: Bizni dunyo taniydi (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
Mustaqillik O’zbekiston – seni tanidi jahon. Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |