6-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish.(1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
7-mavzu: Tejamkorlik haqida suhbat (1 soat)
O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
8-mavzu: Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).(1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |