O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Respublika Ta’lim Markazi



Download 32,05 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi32,05 Kb.
#19984
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi

Respublika Ta’lim Markazi

Kimyo fanidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzu bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma

( VII-sinf )

pict0094

Tuzuvchi: G. ShoisayevaRespublika ta’lim markazi

Tabiiy fanlar bo‘limi

Toshkent 2010

So‘zboshi


Kimyo o‘quv fani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinfda haftasiga 2 soatdan jami 68 soat o‘qitilib, o‘quv yili davomida o‘quvchilar 118 ta BKMni jumladan, 59 ta bilim, 37 ta ko‘nikma, 22 ta malakalarni o‘zlashtirishlari lozim.

Umumta’lim maktablarining kimyo fani Davlat Ta’lim Standarti va o‘quv dasturi takomillashtirilib, tajriba–sinovdan bosqichma-bosqich o‘tkazildi. Tajriba-sinovdan o‘tkazish davomida o‘quvchilar tomonidan bilishi va o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan ayrim bilim, ko‘nikma va malakalarda qiyinchilikka duch kelingan. Jumladan:

“Massaning saqlanish qonuni” mavzusida o‘quvchilar kimyoviy reaksiyalarda atomlar yoqolib ketmasdan, yo‘qdan bor bo‘lmasligi, ularning umumiy soni o‘zgarmasligi hamda har bir atomning massasi kimyoviy reaksiyalarda o‘zgarishsiz qolishi va shuning uchun moddalarning massasi ham o‘zgarmasdan qolishi haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelingan. O‘zlashtirishdagi qiyinchilik sababi mazkur mavzuni otishda nazariy bilimlarni laboratoriya ishi orqali tushuntirilmagan.

“Kimyoviy reaksiyalarning turlari” mavzusidagi birikish, parchalnish, o‘rin olish, almashinish reaksiyalarini ajratib olish, endotermik va ekzotermik reaksiyalarni farqlay olish haqidagi bilim, ko‘niknalarini egallashda o‘quvchilar qiynalishgan. Kimyoviy reaksiya turlariga tegishli oxakni so‘ndirish, malaxitni parchalanishi, mis (II)-xlorid tuzi eritmasiga temirni ta’siri kabi laboratoriya ishini o‘tkazish bilan mustahkamlanishi zarur.

“Suv eng yaxshi erituvchi, eruvchanlik” mavzularida o‘quvchilar suvni inson hayoti va amaliy faoliyatidagi katta ahamiyatini undan juda ko‘p jarayonlarda foydalanish bilan birga erituvchi sifatida ham anglashlari uchum kengroq ma’lumot olishlari, shuningdek erituvchi, eruvchanlik haqidagi ko‘nikma va malakalarni egallashda qisman qiyinchilikka duch kelingan. Bu mavzuni bayon etishda erish jarayoniga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar berilsa, zaruriy BKMlar egallanadi.

“Eng mihim tuzlarning ishlatilishi” mavzusida uy ro‘zg‘orda, tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, qurilishda ishlatiladigan tuzlar haqida darslikda qisqaroq ma’lumot berilgan. Shu sababli tuzlar haqida o‘quvhilar kengroq ma’lumot ma’lumot olshda qiynalganlar.

Mazkur ko‘rsatib o‘tilgan mavzilarni o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi uchun dars jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Kimyo fanini chuqur egallashda dars usullarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qilib tanlash zarur. Shundagina egallanishi zarur bo‘lgan bilinlarni o‘quvchilar yaxshi o‘zlastiradilar, o‘qituvchilar esa ko‘zlagan maqsadlariga erishdilar.



II CHORAK

Мавзу: Massaning saqlanish qonuni




Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsad: O‘quvchilarga tabiatning asosiy qonuni-materiya va harakatning saqlanish qonunining xususiy ko’rinishi bo’lgan moddalar massasining saqlanish qonuni, ya’ni kimyoviy reaksiyalarda atomlar yoqolib ketmasdan, yo‘qdan bor bo‘lmasligi, ularning umumiy soni o‘zgarmasligi hamda har bir atomning massasi kimyoviy reaksiyalarda o‘zgarishsiz qolishi va shuning uchun moddalarning massasi ham o‘zgarmasdan qolishi, tabiatdagi har qanday o’zgarishlar izsiz yo’qolmasligi haqidagi bilimlarni berish.

Vazifalar: Massaning saqlanish qonuni mavzusi asosida kundalik hayotda uchraydigan hodisalarni idrok etish orqali bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish. Mavzu asosida mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish.

Mavzuga doir tajribalar o‘tkazish, savol-topshiriqlar orqali o‘quvchilarning, yangi mavzuni qanday darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.



Uslub: “Aqliy hujum”,“Tajribalar o’tkazish”,

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, madzuga doir tarqatma savollar-

topshiriqlar, massaning saqlanish qonunini namoyish etish asbobi (teng elkanli shayin 1 ta, shayin uchun ilmoqlar 3 ta, rezina tiqinli va osma halqali Landolt idishi 1 ta, osma halqali kosacha 1 ta, og’irlikka qarshi kukun, 100 g ) kimyoviy jihozlar va moddalar (pipetka, razima tiqin, quruq yonilg’i-urotropin, bariy xloridning 10 % li eritmasi, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi yoki qizil fosfor 1 g miqdorida )



Nazorat: Savol-javob, test sinovi o’tkazish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash.

Kutilayotgan

natijalar.

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Tajribalar o‘tkazish bilan barcha o‘quvchilarga berilgan nazariy bilimlar tajribalar asosida mustahkamlanadi. O‘quvchilar uy ro‘zg‘ordagi kundalik hayotda ishlatiladigan moddalarni kimyoviy xossalari bilan tanishadilar, mavzuga oid amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, savol va javob berishga o‘rgatiladi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.



Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)

2.Uyga berilgan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish. (5 daqiqa)

3.O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika”savollari, xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa)

4. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi maruzani.(7 daqiqa)

5. Mavzuni laboratoriya ishini bajarish bilan tushuntiriladi (15 daqiqa)

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa)

8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)


  1. O`qituvchining kirish so`zi.

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Uyga berilgan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.

O‘qituvchi tomonidan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzuga doir tayyorlangan qisqa savollar beriladi.

1 Tarkibning doimiyligini qanday tushuntirish mumkin?

2. Suvning sifat va miqdoriy tarkibi qanday?

3. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida tarkibning doimiyligi haqida qanday tushunchalar bayon qilgan?

4. Miqdor va sifat o’zgarishlari haqida nimalarni bilasiz? Misollar bilan tushuntiring.

O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan javoblar to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.

3. O‘quvchilar bilimini tekshirish. (“Aqliy gimnastika” savollari orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarga javob beradilar.

1-savol Suv va vodorod peroksid qanday moddalardan tashkil topgan va ularning farqi qanday izohlanadi?

javob: Suv ham vodorod peroksid ham kislorod va vodoroddan tashkil topgan yani ular bir hil sifat tarkibiga ega, lekin vodorod peroksid suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89 % ni, kislorodbibg massa ulushi 94,11 %ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega bo’lgan moddadir.

2 savol Uglerod (II)-oksid va uglerod (IV)-oksid qanday tarkibli

birikmalar?



Javob: Uglerod (II)-oksid va uglerod (IV)-oksidining har birining tarkibi uglerod va kisloroddan iborat. Lekin, birikmalarda uglerodning bir massa birligiga nisbatan uglerod (IV)-oksiddagi kislorod miqdori uglerod (II)-oksiddagi kislorod moqdoridan ikki barobar ko’p.

3 savol Temir (II)-oksid va temir (III)-oksidning bir xil birikmalarmi?

Javob: Temir (II)-oksid va temir (III)-oksid bir xil tarkibga ega bo’gan ikki xil maddalardir.

4. Yangi mavzu bayoni

1) O‘qituvchining ma’ruzasi

Yangi dars bayoni

Tabiatdagi har qanday modda izsiz qolmaydi. Juda ko’plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o’rganilganida reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdordan teng bo’lishi aniqlangan. Bu kabi hodisalarni ulug’ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajriba xonalarida og’zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.

1748 yilda rus olimi M.B.Lomonosov ham og’zi payvandlangan kolba – retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-1789 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borgan tajribalarida umumiy massa o’zgarmasligini kuzatgan va bu o’ziga xos yanglik-yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri massaning saqlanish qonuni ochilgan.

Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng.

A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atom massasi reaksiya davomida o’zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.

Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yoqolib ketmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, atomlarning umumiy soni o’zgarmaydi. Har bir atom massasi kimyoviy reaksiyalarda o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun moddalarning umumiy massasi ham o’zgarmasdan qoladi.

Bu qonun tabiatning eng muhim qonunlaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Massaning saqlanish qonunini tajriba yo’li bilan tushuntirish ya’ni moddalarni massalarini o’zaro reaksiyaga kirishganda ham qanday bo’lsa shundayligicha qolishini matematik hisoblash va tajriba yo’li bilan isbotlash.

Laboratoriya ishini bajarishda oldindan tayyorlab qo’yilgan asbob “Massaning saqlanish qonunini aniqlovchi asbob” bilan tajriba olib boriladi.

Tajriba uchun quruq holatdagi toza idishlar tanlanadi.

Tajriba quyidagi ketma-ketlikda, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan tarzda namoyish etiladi:


  1. Teng elkanli shayinni yuqori ilmogi yordamida laboratoriya shtativiga mustahkamlangan halqa sterjeniga osib qo’yiladi. Shayinning o’ng ilmog’iga osma halqa yordamida Landolt idishi mahkamlanadi. Shayining chap ilmog’oga osma xalqa yordamida kosacha mahkamlanadi.

1-tajriba. Landolt idoshining chap bo’lmasiga pipetka yordamida bariy (II)-xloridning 10 % li eritmasidan 2 ml, o’ng bo’lmasiga sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan 2 ml miqdorida quyiladi. Lamdolt idishi rezina tiqin bilan berkitiladi va muvozanat yuzaga kelgunicha kosachaga og’irlikka qarshi kukun solinib muvozanatni yuzaga keltiriladi. Muvozanat yuzaga kelgach,

Landolt idishning chap tomonidagi moddani o’ng tomoniga o’tishi uchun idish o’ng tomonga engashtiriladi (qiyshaytiriladi), natijada idishning o’ng bo’masida kimyoviy reaksiya ketadi va oq rangli cho’kma- bariy (II)-xlorid hosil bo’ladi.

Moddalar og’irligi o’lchanadi, yangi modda hosil bo’lishiga qaramasdan moddalarning og’irligi saqlanganligi aniqlanadi.

Tajriba yordamida kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga tengligi isbotlanadi.

2-tajriba. Landolt idishi bo’lmalaridan biriga 1 g qizil fosfor solinib, idish og’zi rezina tiqin bilan berkitiladi va muvozanat yuzaga kelgunicha kasachaga kukun solinadi. Landolt idishi quruq yonuvchi (urotropin) yordamida qizdiriladi. Landolt idishi ichida reaksiya borishi kuzatiladi va natijada oq bug’ ko’rinishida fosfor (V)-oksid hosil bo’ladi.

Maktab laboratoriyasidagi moddalarning bor-yo’qlik imkoniyatidan kelib chiqib berilgan tajribaning 1 tasini bajarish kifoyadir.

Hulosa: Ushbu qonun biz tabiatda isre’molchi emas , o’zgartiruvchi ekanimizni ko’rsatadi. Yer qaridan temir rudalari qazib olinib, zaruriy buyumlar tayorlanganda sayyoramizdagi temir atomlari kamaymaydi, balki bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tadi. Masalan, temirdan yasalgan buyumlar zanglaydi, natijada sarflangan temirning 50% iham qaytarib olish imkoni bo’lmaydi. Albatta, zarur energiya sarf qilib, har qanday kimyoviy o’zgarishni amalga oshirish mumkin. Ma’lumki, energiya zaxirasi ham cheksiz emas. Shuning uchun energiya va moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish lozim.

Demak, massaning saqlanish qonuni tabiatning asosiy qonuni – materiya va harakatning saqlanish qonuni xususiy ko’rinishi bo’lib, moddalar yo’qdan bor bo’lmaydi, bordan yo’q bo’lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o’zgaradi.


Izoh: O‘qituvchi ajratigan vaqt ichida o‘z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘quv laboratoriya tajribasidan foydalangan holda ularga yetkazib bersa, ushbu dars yuqori samara berishi va o‘quvchilar bilimida bo‘shliq hosil bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi.

6. Mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan yangi mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga

asoslanib topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlanadi. Buning uchun

qisqa muddatli tesn sinovi o‘tkasilishi ham yaxshi samara beradi.



Test savollari:

1. Massaning saqlanish qonunini tajribada namoyish etish uchun qaysi moddalar dan foydalanildi?

A. NaCl, KOH; B. BaCl2 , H2SO4 ; S. HCl, BaSO4 D. NaOH, KCl.

2. Fransuz olimi A.Lavuazye massaning saqlanish qonunini aniqlash uchun nechanchi yillar davomida tajribalar o’tkazgan?



A. 1772-1789 B. 1748-1749 S. 1799-1800 D. 1750-1754

3. O’tkazilgan massaning saqlanish qonunini isbotlovchi tajriba natijasida idishning o’ng bo’masida qanday modda hosil bo’ldi?

A. Ko’k rangli eritma B. Rangsiz eritma

S. Oq rangli cho’kma D. Qora rangli cho’kma.

4. Massaning saqlanish qonunini ifodalovchi ta’rif qaysi bandda to’g’ri ifodalangan?

A. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng.

B. Moddalarning miqdor o’zgarishi ularning sifat o’zgarishiga olib keladi.

S. Bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasi kimyoviy o’zgarishlardir.

D. Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy biikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to’g’ri keluvchi boshqa element massalari o’zaro kichik sonlar nisbatida bo’ladi.

7. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javonlar va faol qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi.



8. Uyga vazifa berishda darslikda berilgan ”Massaning saqlanish qonuni” mavzusi, shu mavzuga tegishli savol-topshiriqlar va o’tkazilgan tajriba yuzasidan hisobot tayyorlab kelish topshiriladi.

Hisobot yozish shakli quyidagicha tartibda bajarilishi doskada beriladi.

massaning saqlanish qonunini namoyish etish asbobi (teng elkanli shayin 1 ta, shayin uchun ilmoqlar 3 ta, rezina tiqinli va osma halqali Landolt idishi 1 ta, osma halqali kosacha 1 ta, og’irlikka qarshi kukun, 100 g ) kimyoviy jihozlar va moddalar (pipetka, razima tiqin, quruq yonilg’i-urotropin, bariy xloridning 10 % li eritmasi, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi yoki qizil fosfor 1 g miqdorida )


Qilingan ish bo’yicha hisobot


Kerakli jihozlar

Ishning borishi

Reaksiya tenglamasi

Hulosa

Teng elkanli shayin 1 ta, shayin uchun ilmoqlar 3 ta, rezina tiqinli va osma halqali Landolt idishi 1 ta, osma halqali kosacha 1 ta, og’irlikka qarshi kukun, 100 g) kimyoviy jihozlar va moddalar (pipetka, razima tiqin, quruq yonilg’i-urotropin, bariy xloridning 10 % li eritmasi, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi yoki qizil fosfor

1 g


1.Landolt idishining chap tomoniga BaCl2 – 10%li eritmasidan 2ml o’ng tomoniga H2SO4 ni eritmasidan 2 ml quyiladi..

2. Og’zi bekitiladi.

3.Muvozanatni yuzaga eltiruvchi kosachaga kukun solinib muvozanatni yuzaga keltiradi.

4.Landolt asbobining chap tomonidagi moddani o’ng tomoniga o’tishi uchun idish o’ng tomonga engashtiriladi.

5.Natijada oq rangli cho’kma hosil bo’ladi.

6.Moddalar og’irligi o’lchanadi



BaCl2+H2SO4=BaSO4+

2HCl

Oq rangli cho’kma hosil bo’ladi.





Download 32,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish