Darsning borishi:
Darsning blok-chizmasi.
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
7 daqiqa
|
Kuz metodi
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
10 daqiqa
|
Ma’ruza, aqliy hujum
|
4
|
Mustahkamlash
|
22 daqiqa
|
Krossword, “O’yla, izla, top” o’yini, “Moslik top!”, Omadli o’yin.
|
5
|
Baholash
|
1 daqiqa
|
Rag’bat kartochkalari
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
I.Tashkiliy qism.
O´quvchilar bilan salomlashib, davomatni olish, sinf o´quvchilarini guruhlarga bo´lish.Guruhlar o’zlarini tanishtirish.
1-guruh: Tadbirkorlar .
2-guruh: Iqtisodchilar.
Ma’naviyat daqiqasi.(Yil shiori, dars shiori, texnoligiya va siyosiy yangiliklar).
II.Takrorlash.
Kuz metodidan foydalanib, o’tilgan mavzuni takrorlash.Unda o’quvchilarga tarqatma kartochkalarga savollar yoziladi, ular doskadan qaysi funksiya ekanligini aytadilar va o’z guruhlariga rag’bat kartochkalarini yig’adilar.
Savollar.
Iqtisodchilar
Ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi.
Haqiqiy sonni yaxlitlaydi.
Ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini hisoblaydi.
Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi.
Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi.
Agar mantiqiy ifodaning qiymati ROST bo‘lsa, birinchi shart, aks holda ikkinchi shart bajariladi.
Sonning sinusini hisoblaydi.
Tadbirkorlar
1. Argument qiymatining modulini hisoblaydi.
2.Argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi.
3. Matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi.
4. Agar mantiqiy ifodalarning birorta qiymati rost bo‘lsa, funksiyani qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi.
5. Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 ni chiqaradi.
6. Matnni n marta takrorlaydi.
7. Ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi
III.Yangi mavzu bayoni.
MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;
2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o‘chiladi:
MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz qyida ayrim
funksialar va ularning vazifalarini kelturamiz:
1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling.
Bajarish:
eng
A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;
D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning kattasini topish formulasi): =МАКС(A1:C5);
D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish formulasi): =МИН(A1:C5);
D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7);
IV.Mustahkamlash.
1. Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash
ketma-ketligini tushuntirib bering?
2. Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki
usulda bajaring.
I Moslikni topish . O’ng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga chap ustundagi qaysi ma’lumotlar mos kelishini aniqlang
MIN(son1;son2;…), MAKC(son1,son2,…).
|
a)Mantiqiy
funksiyalar:
|
2.ДЛСТР(matn)
|
3.ЗНАК(son) ; АВS(son)
|
4.КОРЕНЬ (son) ; ОСТАТ(son,bo’luvchi)
|
b)Matematik
funksiyalar:
|
5.БАТТЕКСТ(son); ЗАМЕНИТЬ(eski matn;
qaysi o’rindan;
nechinchi o’ringa;yangi matn)
|
6. СЦЕПИТЬ(matn1;matn2;…)
|
с)Matnli
funksiyalar
|
7.И (mantiqiy ifoda 1; mantiqiy ifoda2;…)
ИЛИ(mantiqiy ifoda 1; mantiqiy ifoda2;…)
|
8. СУММ(son1;son2;…)
|
d)Statistik
funksiyalar
|
9. СЧЁТЕСЛИ (blok;shart)
|
10.ЕСЛИ(mantiqiy ifoda ; ifoda1; ifoda2)
|
11. СРЗНАЧ(son1;son2;…)
|
V. Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
VI.Uyga vazifa berish:
1. 4,6,8,9,10 sonlarning o‘rta geometrigini hisoblang.
2. Mustaqil ravishda СЧЁТЕСЛИ funksiyasi yordamida bironta mashq o‘ylang va uni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |