Asosiy mavzu
laboratoriya mashg'ulotlari tartibi va mavzusi
Bir hujayralilar ya'ni
sodda hayvonlar
1. Tufelkaning tuzilishi o'rganish, harakatlanishini va
ta'sirlanishini kuzatish.
Halqali
chuvalchanglar tipi
2. Yomg'ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, harakatlanishi
va refleksi.
Hasharotlar sinfi
3. Hasharotlarning tuzilishi va rivojlanishi.
O'quvchilarning zoologiyadan o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash,
ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida o'quv dasturida yuqorida
berilgan laboratoriya mashg'ulotlarni o'tkazish ko'zda tutilgan.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar ixtiyoriy, o'quvchilarning hohish istagi,
o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq holda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari
mashg'ulotlarning 3 xil turi mavjud:
1. Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda o'tkaziladigan ishlar.
2. O'quvchilar guruhi bilan o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.
3. Ommaviy mashg'ulotlar.
Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda o'tkaziladigan sinfdan tashqari
ishlarga zoologiyaga oid qo'shimcha adabiyotlarni o'rganib, turli mavzularda
ma'ruza tayyorlash, elektron versiya, darslik va multimedialar vositasida ijodiy
izlanishlarni tashkil etish, uy hayvonlarining biologiyasini o'rganish, tirik tabiat
burchagida boqilayotgan to'ti, kanareykalarning ovqat ratsionini tuzish,
akvariumda boqilayotgan baliqlar ustida kuzatishlar olib borish, qishloq xo'jaligi
ekinlari zararkunandalarining rivojlanish siklini o'rganish va h.k. kiritish mumkin.
Zoologiya ekskursiyalari
Zoologiyadan o'tkaziladigan ekskursiyalarning didaktik maqsadi hayvonot
olamining xilma-xilligi, ulardagi moslanishlar, rivojlanish sikli, hayvonlarnig oziq
zanjirida, tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini ko'rsatib berish; mavsumiy
o'zgarishlarning sabablarini ochib berish; o'quvchilarda olam to'g'risida yaxlit
27
tasavvur hosil qilish; tabiatga va hayvonot dunyosiga nisbatan ongli ijobiy
munosabatni tarkib toptirish; ekologik va estetik tarbiya berishdan iborat.
Zoologiya o'quv dasturida «Mahalliy sharoitda ko'p uchraydigan
molluskalar», «Hasharotlarning asosiy turlari va ularning hayoti bilan tanishish
hamda ulardan kolleksiya yig'ish» mavzularida ekskursiya o'tkazish belgilangan.
Ushbu ekskursiyani o'tkazish uchun o'qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi
zarur:
- ekskursiyaning maqsadi, o'tkaziladigan marshrutni aniqlash;
- o'quvchilar kuzatish olib borish va kolleksiya to'plashi uchun topshiriqlar
tuzish;
- ekskursiyani o'tkazish, unda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish
va boshqarish yo'llarini belgilash;
- ekskursiya yakunida to'plagan kolleksiyalarni rasmiylashtirish hamda
jihozlashga bo'lgan talablarni ishlab chiqish.
Ekskursiya
o'tkazilishidan
bir
hafta
avval
o'qituvchi
ekskursiya
o'tkaziladigan joyga borishi, u yerdagi molluskalar, hasharotlar va hayvonot
olamining boshqa vakillarini o'rganishi kerak. Shunga asosan ekskursiya rejasi va
o'quvchilar tomonidan bajariladigan topshiriqlar tuziladi.
O'quvchilarning biologiya fani asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini
orttirish, bilimlarini mustahkamlash, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib
toptirish, kuzatish, ob'yektlarni tanish va aniqlash ko'nikmalarini rivojlantirish
maqsadida darsdan bo'sh vaqtlarda quyidagi ekskursiyalarni qo'shimcha o'tkazish
tavsiya etiladi:
- umurtqasiz hayvonlarning xilma-xilligi;
- hasharotlarning xilma-xilligi;
- qushlarning xilma-xilligi va ularning hayotidagi mavsumiy o'zgarishlar;
- hayvonlarning yashash muhitiga moslashishi;
- parrandachilik xo'jaligiga ekskursiya.
- uy hayvonlarining biologiyasini o'rganish maqsadida chorvachilik fermer
xo'jaligiga ekskursiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |