O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi



Download 336,5 Kb.
bet1/5
Sana16.12.2019
Hajmi336,5 Kb.
#30451
  1   2   3   4   5
Bog'liq
коррекция-6-ёш

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi

S.N.Alimxodjayeva

F.I.Haydarov

M. A.Roziqova


Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar majmuasi

TOSHKENT-2008 YIL

Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun korrektsion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar majmuasi

Muallif tuzuvchilar: S.N.Alimxodjayeva

F.I.Haydarov

M. A.Roziqova

А.Sh.Zokirovning umumiy tahriri ostida nashr etildi.

Mas’ul Sh.T.Ergashev – Umumta’lim maktablarida

muharrir: o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va

tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Taqrizchilar: Z.Nishonova- psixologiya fanlari doktori, prof.v.b.

M.Qoplonova - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent


Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar majmuasi «Psixologik salomatlik maktabi» to‘plamining davomi bo‘lib, maktab amaliyotchi psixologlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Majmua maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar va rivojlanishi sustlashgan 7 yoshli 1-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan psixokorreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi ilmiy Kengashining 2008 yil 25 martdagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan.

So‘z boshi
Bola maktabga borgan paytidan boshlab moslashishi jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Ko‘pgina hollarda bolalarda bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, ijtimoiy moslashuvning shakllanmaganligi ta'lim jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hattoki aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bola ham maktab talablariga moslashishda qiynaladi. Bu talablar 1-sinfga qabul qilingan boladan ko‘p mehnat va irodani talab etadi. Shu bilan bir qatorda maktab amaliyotchi psixologi va sinf rahbari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Bunda bolalarning maktab sharoitiga moslashish jarayonini o‘rganish muhim sanaladi

Ushbu «Korrektsion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar» majmuasi olti yoshli bolalarning ta’lim olishlarida uchraydigan muammolarni bartaraf etish maqsadida e’tiboringizga havola etilmoqda.

Majmuadan o‘rin olgan mashg‘ulotlar bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira, shuningdek, o‘qish, yozish malaka va ko‘nikmalarini boyitib borish kabi aqliy imkoniyatlarining ta’lim talablariga munosib tabiiy shakl, o‘yinlar yordamida rivojlantirib borishni ta’minlaydi. Har bir mashg‘ulotni bajarish uchun ilovalar berilgan.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi.

Albatta, mashg‘ulotlarni qo‘llashda psixolog, pedagog, ota - onalar faqat ushbu mashg‘ulotlar bilan cheklanmasdan etnik psixologik hususiyatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha korrektsion mashg‘ulotlardan foydalanishlari ham mumkin.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi. Bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsadida ushbu korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarining natijalariga tayanish mumkin.

Korrektsion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar majmuasi asosida amalga oshirilgan ishlar 1-sinfga qabul qilingan oquvchilarning yanada chuqur bilim olishda malaka va ko‘nikmalar xosil qilishiga turtki bo‘ladi degan umiddamiz. Shuningdek, amaliyotchi psixologlarga o‘z amaliy faoliyatlarini tashkil etishda yordam berib, ularning psixologik metodikalar banklarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

1-mashg‘ulot

Qarama-qarshi so‘zlar


Bu o‘yin mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinni individual tarzda ham, guruh bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yin sharti quyidagicha: o‘qituvchi yoki psixolog bolaga bir so‘zni aytadi, bola shu so‘zning ma’nosiga qarama-qarshi bo‘lgan so‘zni topib aytishi kerak. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, achchiq-shirin, qoronqu-yoruq, qattiq-yumshoq, keng-tor, uzoq-yaqin, yaxshi-yomon va hokazo. Odatda bolalar o‘yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so‘zga javoban antonim so‘zni emas, sinonim so‘z bilan javob beradi, masalan: katta-baland, uzun-uzoq kabi. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so‘ng bolalar yaxshi o‘ynay boshlaydilar. O‘yin bir necha marta o‘tkazilganidan so‘ng bolalar abstrakt tushunchalarni ham osonlik bilan tushunadi va javob beradi, masalan: chaqqon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz kabi s o‘zlarga ham tez javob topa oladi.

2-mashg‘ulot


"Xayolga tolish" (emosiyani boshqarish uchun o‘yin)

Sayohatchi stolga o‘tiradi va diqqat bilan kartani o‘rganadi. U sayohat rejasini o‘ylaydi. Ifodalanishi lozim bo‘lgan harakatlar: chap qo‘li tirsagi stolga suyangan va boshini ushlab turibdi, o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i tasavvurdagi karta ustida harakatlanayapti. Mimika: yengil qisilgan ko‘zlar, pastki labi tishlangan.



3-mashg‘ulot


Bola ushbu chiziqlarni birlashtirib chiqishi lozim.



Download 336,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish