Qishki mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori .
Qishki marosimlar folklori rang – barang bo’lgan , ulardan “ Gap – gashtak ” va “ Yas –yusun ” marosimlari bizgacha yetib kelgan .
Gap – gashtak marosimi erkaklar tomonidan mahalladagi choyxona yoki bo’sh xonadonlarning birida o’tkazilgan va kechki payt boshlanib erta tong qadar davom etgan . Gap – gashtak marosimida baxshilar tomonidan doston va termalar , ertaklar , qo’shiqlar kuylanib turli o’yinlar tashkil etilgan .
Yas - yusun marosimi asosan , ko’chmanchi chorvadorlar o’rtasida qimizxo’rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan . Marosim o’ziga xos qat’iy talablar bilan o’tkazilgan . Bular : a ) Barcha ishtirokchilar kosagul uzatgan bo’zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim bo’lgan , b) Kosadagi bo’zani to’kmaslikshart , v ) Doim cho’kka tushib o’tirish va biy ruxsatidan so’ng oyoq uzatish yoki boshqa tarzda o’tirish mumkin , g ) Mastlik qilmay odob saqlashi va eshik og’asining ruxsati bilan davrani tark etishi mumkin bo’lgan .
Kosagul davradagi ishtirokchilarga bo’za tutganda quyidagi to’rtlik bilan murojaat etgan . Alyor bo’lsin- ay , Xo’jam yor bo’lsin-ay . Xo’jam bergan bu davlatga Dushman zor bo’lsin-ay .
Kosagul shu kabi ko’plab sh’er va to’rtliklarni aytib , ularni davrada ikkinchi bor takrorlamagan . Kosagulni qo’lidan olgan shaxs bo’zani ichib , soqiy sha’niga to’rtlik aytib , so’ng kosani qaytargan .
Oyga o’xshaydir yuzing , Cho’lponga o’xshaydir ko’zing . Shuncha ham yaxshi bo’lurmi , Xalq ichida yulduzing .
Yas - yusun marosimida aytilgan to’rtliklar va qo’shiqlarda hazil mutoyiba , ko’ngil ochishga da’vat etish g’am – tashvishlarni unutish ruhi ustunlik qilib , marosimda aytilgan to’rtliklarning sharti shuki , birinchi band qaysi so’z bilan boshlansa , ikkinchi band ham o’sha so’z bilan boshlanishi shart bo’lgan .
Hozirgi kunda Yas - yusun marosimi o’zbek marosimlari sirasida saqlanib qolmagan . Marosimda aytilgan qo’shiqlar ayrim keksalarimiz xotirasidagina saqlanib qolganligi e’tirof etiladi .
Bundan ko’rinib turibdi-ki , o’zbek xalqi o’zining xos boy o’tmishi , milliy an’analari , turfa xil urf – odatlari , musiqiy namunalarida insonlarni ahillikka , birdamlikka chorlash bilan bir qatorda har bir kunni mazmunli o’tkazishga harakat qilganligini o’rganish mumkin . Xalqimizning bunday marosimlari yosh avlodni halol mehnat qilishga , oily maqsadlarga intilishga , ma’naviy boyligini yuksaltirishga va tabiatga , odamlarga yaqinlik , doimo yaxshilikni o’ylab yashash kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilgan .
Bizning maqsad va vazifamiz xalqimizning bebaho qadr – qimmatga ega , milliy , ma’naviy merosini o’rganish va yosh avlodga yetkazib berishdir .
Xorazm termasi
Xalq musiqasi
Bu kulbayi ehzoni xurshidi jahon galdi , Go’yoki o’lik erdim , bu jismima jon galdi . Noz ila qalam aylab , yorig’a salom aylab , Bog’ ichra xirom aylab , ul sho’xi jahon galdi .
Ovozi samanlardek , donishda Iskandardek , Qahr aylasa ajdardek , chun nuri ayon galdi . Boshim yo’lida qurbon , o’ltirsa nadir armon , Ul la’li labi xandon , ham pista jahon galdi .
Jomiga solib otash , ham mahvash , ham dilkash , Mastona yurib mahvash , xalq ichra nihon galdi . Ul Andalib shaydo , ochildi guli Hamro , Ul sarvi qaddi ra’no , chun nuri ayon galdi .
Foydalanilgan adabiyotlar
-
I . A . Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ” O’zbekiston 2008yil
-
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati . Toshkent 2009 yil
-
K. Imomov , T.Mirzayev , B. Sarimsoqov , O. Safarov “ O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi ” Toshkent 1990 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |