O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi



Download 47.5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi47.5 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

NAVOIY SHAHAR XALQ TA’LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA

TASHKIL ETISH BO’LIMI

Navoiy shahar 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

tarix fani o’qituvchi Abdulayeva O.S.ning

Birinchi jahon urushi va Turkiston”

mavzusidagi bir soatlik ochiq dars

ISHLANMASI

Navoiy-2014 yil.



Sana:03.04.2014-yil.

Sinf:5-“A”.

Fan:Tarix.

Mavzu:Birinchi jahon urushi va Turkiston.

Darsning maqsadi: A) o’quvchilarga birinchi jahon urushi va Turkiston

haqida batafsil ma’lumot berish;

B)o’quvchilarni Vatanga muhabbat, tinchliksevarlik

ruhida tarbiyalash;

D)o’quvchilarni nutq so’zlash qobilyatlarini shakllantirish.

Darsning turi:yangi bilimlarni o’zlashtirish;

Darsning metodi:og’zaki,suhbat,savol-javob;

Darsning vositasi:darslik, xarita, tarqatma materiallar.

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism:yangiliklarni so’rash. 5-daqiqa.

2.O’tilgan mavzuni takrorlash. 10-daqiqa.

3.Yangi mavzuni tushuntirish. 15-daqiqa.

4.Mavzuni mustahkamlash. 10-daqiqa.

5.O’quvchilarni baholash. 3-daqiqa.

6.Uyga vazifa berish. 2-daqiqa.

Darsning bayoni.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1.Birinchi jahon urushi kelib chiqishiga sababchi bo’lgan davlatlar guruhlari.

2.Urushning boshlangan va tugagan yillari.

3.Urushning Germanya va ittifoqchilari uchun oqibatlari.

4.Urushning dunyo xalqlariga keltirgan fojealari.

Yangi mavzuning asosiy tushuncha va atamalari: Jevachi, Mardikor, 1916 yil,Nikolay II.

Darsning rejasi:

1.Birinchi jahon urushining Turkistonga tasiri.

2.Qo’zg’olonning boshlanishi.

3.Jizzax qo’zg’oloni.

4.Qo’zg’olonning yengilish sabablari va ahamyati.
O’qituvchi o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar tomonidan tuzib kelingan boshqotirmalar,”Marra tomon olg’a”degan usul bo’yicha savollardan tashkil topgan o’yinlarni amalga oshiradi.Sinf guruhlarga bo’linadi va mavzu bo’yicha o’quvchilar tomonidan uyda tuzib kelingan bir guruhning savollari boshqa guruhga beriladi.
Bilim cho’qqilarini zabt etish uchun marra sari olg’a!

Izoh:Aylachiqqan o’quvchilar birin-ketin savolga javob beradi,javob berolmagan yolda qoladi,javob beradigan o’quvchi marra tomon ketaveradi.

na,yoki to’rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi,guruhlardan

Birinchi jahon urushi Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o’tgani yo’q. Turkiston birinchi jahon urushi arafasida Rossiyaning mustamlakasi edi.Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmagan.Biroq urush yillarida mustamlakachi podsho Rossiyasining Turkiston mahalliy aholisiga o’tkazayotgan zulmi yanada kuchayda. Podsho Rossiyasi mahalliy aholini mudofa inshootlari, temir yo’llar qurish kabi ishlarga safarbar etish rejasini ishlab chiqqan.

1916- yilda Nikolay II farmoniga ko’ra 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkak aholi mardikorlikka safarbar qilingan.Natijada ko’plab oilalar o’z boquvchisidan ajralib qolganlar.Qishloq xo’jaligi esa inqirozga yuz tuta boshlagan.Mardikorlikka asosan kambag’allarning yubirilishi ham xalq qo’zg’oloniga sabab bo’lgan. Bu esa xalqni keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Toshkentda qo’zg’olon ko’tarildi.Bu qo’zg’olon qatnashchilari Beshyog’ochdagi politsiya mahkamasi oldida to’planganlar.Qo’zg’olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova podsho amaldorlariga qarata:”Bizni o’ldirsanglar ham o’g’illarimizni bermaymiz”,-deb barilla aytgan. Bu qo’zg’olon shavqatsizlarcha bostirildi.

Mardikorlikka olish to’g’risidagi farmonidan norozilik ayniqsa, Jizzaxda keskin tus olgan va milliy- ozodlik qo’zg’loniga aylanib ketdi.Jizzaxdan jami 11 mihg kishi mardikorlikka jo’natilishi kerak edi. Qo’zg’olonga Nazirxo’ja Abdusalomov va Abdurahmon jevadiylar rahbarlik qilganlar.

Kuchlar mutlaqo noting bo’lgan jangda qo’zg’lonchilar mag’lubiyatga uchragan.Qo’zg’olonchilar va ularning rahbarlari ayovsiz jazolangan.Qo’zg’olon ko’targan qishloqlarga o’t qo’yganlar. Uylar yondirilgan. Hatto qo’zg’olonchilarning oila a’zolariga ham shavqat qilinmagan.Bu qo’zg’olon ham shafqatsizlarcha bostirilgan.

Qo’zg’olonchilar mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega bo’lmaganlar. Lekin ular noting bo’lgan jangda ko’rsatgan jasoratlari bilan vatanimiz tarixida o’chmas nom qoldirdilar.

1916 – yilgi milliy- ozodlik harakati podsho Rossiyasi hukumatini qattiq sarosimaga solib qo’ydi, uning Turkistondagi kuch qudratini zaiflashtirdi.Turkistondan jami 120 mingdan ortiq kishi safarbar etildi.Ular Rossiyaning turli burchaklarida ochlikdan, xo’rlikdan mislsiz azob chekkanlan.

Qo’zg’olon Vatandoshlarimizning o’z haq-huquqlari uchun har qanday halatda ham kurasha olishi mumkinligini isbotladi. Mustamlakachi hukumatga ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg’ulari hech qachon so’nmasligini yana bir bor ko’rsatib qo’ydi.



Jevachi- qurol-aslahalar saqlanadigan omborxona mudiri.

Mardikor- vaqtincha ishga yollanuvchi ishchi.

Mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum”usuli ishlatilib,o’quvchilarning darsga qiziqishi jadallashtiriladi.

“Aqliy hujum”savollari quyidagicha bo’lishi mumkin:

1.Milliy-ozodlik harakati deganda nimani tushinasiz?

2.Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi asosan qanday ko’rinishlarda yaqqol ko’zga tashlanadi?

3.Qo’zg’olonga nimalar sabab bo’lishi mumkin?

4.Nima sababdan qo’zg’lonlarning aksariyati Farg’ona vodiysida bo’lgan?

5.Mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib brogan siyosatining maqsad va vazifalari nimadan iborat edi?

6.Xalq hayotining qashshoqlashuviga qanday omillar sabab bo’ldi?

Bingo mashqi” bilan ham o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.




1914 yil

10 mln.

Jevachi

19-43 yosh.

34 davlat

Nikolay II

1916-yil

“Uchlar”

“Antanta”

1918-yil

20 mln.

mardikor

O’quvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi.Kartochkalarga raqamlar va nomlar yozilgan bo’ladi.

O’qituvchi shu raqam yoki nomga taalluqli jumlani o’qiydi va o’quvchi o’qilayotgan jumgaga tegishli raqamni belgilaydi.Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:

1.Birinchi jahon urushi nimaga Turkustonga ta’sir etmay qolmagan?

2.Mardikorlikka safarbar nima edi?

3.1916- yilning yozida Turkustonda boshlangan milliy ozodlik kurashining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?

4.Nega 1916-yilgi milliy- ozodlik qo’zg’oloni mag’lubyatga uchragan?

O’zingizni sinang!

1914-yili-bu… 1916-yili-bu… Jahob urushu bu…

1918-yilning noyabr-bu… Qachon …qo’zg’olon boshlandi.

V.Dars yakunlarini chaqarish(3-daqiqa)

1.O’quvchilarda paydo bo’lgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Baholarni e’lon qilish.

VI.Uyga vazifa.(2-daqiqa)

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.



2.”O’zingizni sinang” ruknidagi vazifani daftarga bajarish.

3.Yangi mavzu bilan tanishib kelish.
Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa