Lekin o’zlashtirish, tushunish, qo’llash nimani anglatadi? Pedagog o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligini qanday biladi? Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko’rinishda oladi. Maqsadlarni aniqlashtirishning o’ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan ta`lim tizimi vazifalariga, ulardan ma`lum o’quv yurti, o’quv predmeti, uning tematik bulimlari va alohida o’quv masalalariga.
-
Fаnni o’qitishning umumiy mаqsаdlаri
| Bo’limning (modullarning) o’quv maqsadlari
1
2
3
Xususiy o’quv maqsadlari
1.1
1.2
1.3
1.4
Maqsadlarni belgilashning an`anaviy usullari (M. Klarin bo’yicha):
O’quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash. Masalan, «Navoiyning g’azallarini o’rganish», yoki «Birinchi bobning mazmunini o’rganish». Bunda maqsadga erishilganligini qanday aniqlash ko’rsatilmagan.
Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash. M-n, «O’quvchilarni Buxoro amirligining davlat tuzilishi bilan tanishtirish» yoki «Linzalarda tasvir yasash usullarini ko’rsatish». Bunda ham ta`lim jarayonining aniq maqsadga erishganligini qanday bilish mumkinligi ko’rsatilmagan. O’quvchining intellektual, emosional, shaxsiy vojlanishining ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o’quv maqsadini qo’yish. Masalan: «matematik tenglama echish ko’nikmasini rivojlantirish», «mavzuni o’tish jarayonida o’quchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish». Bunda ham o’kuv maqsadiga erishganlik haqida ko’rsatkichlarni topib bo’lmaydi. O’quv maqsadlarini o’quvchilar faoliyati orqali qo’yish. M-n, «aralash kasrlarni qo’shishga oid misollar echish». Bu erda o’qitishdan kutiladigan natija va uning oqibati e`tibordan chetda qolgan. O’qitishning maqsadlarini ta`lim mazmuni, pedagogning yoki o’quvchining faoliyati orqali belgilash ta`limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishga imkon bermaydi.
PT da nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish uslubi o’zining ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan iboratki, o’qitish maqsadlari o’quvchilar harakatida ifodalanadigan, anik ko’rinadigan va o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. AQSh, Angliya va boshqa mamlakatlarda o’quvchi va o’qituvchi uchun maqsadlarni alohida-alohida belgilash odatga kirgan. Bunda maqsadlar o’qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda qo’yiladi (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va h.k), o’quvchining harakatlarida ifodalanidigan natijalar esa ta`limning vazifalari deyiladi. Vazifa talabaning tugallangan hatti-harakatini ifodalovchi atama bilan ifodalanishi shart. Shunday qilib, an`anaviy o’quv jarayonida asosiy omil pedagog (va uning faoliyati) hisoblansa, PT da birinchi o’ringa o’qish jarayonidagi o’quvchilarning faoliyati quyiladi. Ta`lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’lsin. Pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba`zan «identifikatsiyalashgan (taqqoslanadigan) pedagogik maqsadlar deb ataladi»8.
Do'stlaringiz bilan baham: |