O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bulgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.
Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Ko’p vaqt talab etilishi.
O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazoart qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
«Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababali «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bulishining talab etilishi.
Didaktik jarayon pedagogik texnologiya asosi sifatida Didaktik jarayonning ilmiy-pedagogik asoslarini har bir o’qituvchi tomonidan tushunilishi davr talabidir. Chunki, didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi, yohud u belgilangan vaqt ichida ta`lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv lementlari (O’E) mazmunini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlab beradi.
V.P.Bespalko o’qitish jarayoni va didaktik jarayonning farqini shunday ko’rsatadi: «O’qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo’ysunadi. Ya`ni o’qituvchi sinfga kirib, dars mavzusini e`lon qiladi va darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma`ruza)ni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi-motivatsiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o’quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi».
O’qitish jarayoni tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
O’J=O’F+O’qF;
Bu yerda: O’F-o’quvchi bajaradigan o’quv faoliyati; O’qF-o’qituvchi bajaradigan o’rgatuvchilik faoliyati. Bundan shunday xulosa chiqadi: o’quvchining xususiy o’quv faoliyati va unga hamohang bo’lgan o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyatidan tashqari hech qanday o’qitish jarayoni mavjud bo’lmaydi.
Hozirgi zamon pedpsixologiya fani tadqiqotlarining natijalari tahlili didaktik jarayon o’zaro bog’liq quyidagi komponentlardan iboratligini ko’rsatadi:
-Motivatsion bosqich- (M);
-O’quvchining o’quv-bilish faoliyati-(O’F);
- Boshqarish-(B).
Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
DJ=M+O’F+B
Pedagogik tizimda ta`lim maqsadi va didaktik jarayon o’rtsaida aloqadorlik mavjud: Ya`ni har bir maqsadga ma`lum bir jarayon orqali erishiladi va har bir jarayondan maqsadga erishish ko’zda tutiladi. Didaktik jarayonda ikkita prinsipga amal qilinadi:
1. Didaktik jarayonda tabiiy muvofiqlik prinsipi. Bunda o’quvchilarning intellektual rivojlanimshi va o’zlashtirishi tajribalarining tabiiy mexanizm o’zlashtirishiga mos kelishi tushuniladi. O’quv mehnatiga qiziqishi, o’qish xohishi darajasini ta`lim-tarbiyada shu prinsip ifodalaydi.
2. Didaktik jarayonda intensiv prinsip. Didaktik jarayon tez va yuqori darajada, qisqa vaqt ichida didaktik masalani yechishni taqozo etadi. Dilaktik jarayonni intensivlashtirish prinsipining indikatori tezlik hisoblanadi.