Rasm-2. Navoiy viloyati geologiya kartasi
15
Hozirgi tog’li rayonlarda ko’tarilish va cho’kishlar shiddatli va kuchli
bo’lgan. Ko’tarilish va cho’kishlar yig’indisi 2-14 km.ga yetgan. Platforma
bosqichini boshdan kechirgan bu tog’lar (Quljuqtog’) ushbu ko’tarilishlar tufayli
palaxsalanib ketgan. Turon plitasi ustida joylashgan viloyat hududida tektonik
hududlar juda sust namoyon bo’ladi. Neotektonik harakatlar davrida (eligosen-
to’rtlamchi) Quljuqtog’ tizmasi 1300 metr, yer osti ko’tarilmalari esa 500-1000
metrgacha bo’y cho’zadi. Yer osti ko’tarilmalari hozirgi rel’yefda ko’p joylarda
plato, qirlar sifatida aks etgandir. Viloyat zamini uchun to’rtlamchi davr tarixi
alohida e’tiborga molikdir. Chunki uning 90 foizga yaqin qismi davrga mansub
bo’lgan allyuvial, prolyuvial va qumli qatlam bilan qoplangandir. To’rtlamchi davr
jinslarining qalinligi Zarafshon yotqiziqlari yuqori qismida 60-80 metrga yetsa,
g’arbga tomon kamayib boradi.To’trlamchi davr yotqiziqlari va ular hosil qilgan
terrasalar G.F.Tetyuxin tomonidan tavsiya qilingan mahalliy sxemaga ko’ra 4 ta
kompleksga ajratilgan. Quyi to’rtlamchi davrda neogenning so’nggi qismidagi
holat davom etadi.Bu davrda viloyat hududining o’rni aksariyat allyuvial
tekisliklardan iborat bo’lgan. O’rta to’rtlamchi davrda Zarafshonning IV-V
terrasalari (Qarnab kompleksi) vujudga keladi. Yuqori to’tlamchi davrda
Zarafshonning asosan III- terrasasi shakllanadi, bunga Buxoro vohasiga shimoli
g’arbdan yondosh yerlar kiradi. Yotqiziqlar orasida qum va gil yetakchilik qiladi.
To’rtlamchi davrning eng oxiri hisoblangan golosen davri (Zarafshon kompleksi)
yotqiziqlari katta maydonlarda tarqalgan Zarafshonning I-II terrasalari, qadimgi
quruq o’zan va qayirlari shu davrga mansubdir.
Amudaryo va Zarafshonning bir-biridan ajralishi golosenning oxirida ro’y
beradi. Arxeolog A.Muxammadjonovning xulosasiga ko’ra miloddan oldingi II
ming yillik davrida Zarafshonning Moxandaryo orqali Amudaryoga quyilishi
barham topgan. To’tlamchi davr yotqiziqlari qurilish uchun qimmatbaho xom-
ashyo hisoblanadi. Viloyat hududida neotektonik harakatlar hozirgi davrda ham
so’ngani yo’q, ilgari viloyat hududi besh balli zilzila zonasiga kiritilgan bo’lsa,
hozirgi kunda esa 7 balli seysmik zona hisoblanadi. Bundan tashqari asriy
tebranishlar ham bu yurtda namoyon bo’lmoqda. Tadqiqotlar tufayli Yomonqum
--
16
qumliklari, Bo’kantog’ va Quljuqtog’ tizmasi va unga yondosh hududlar asta-sekin
cho’kib borayotganligi aniqlangan.
Viloyat hududining rel’yefi rivojlanish tarixi, qiyofasi, parchalanganlik
darajasi o’ziga xos regional xususiyatlarga ega. Rel’yefning vujudga keishi ichki
va tashqi kuchlar hamda insonning faoliyati bilan bog’liqdir. Navoiy viloyatining
hududi Turon pasttekisligining makaziy qismida joylashgan bo’lib, tabiiy
sharoitiga ko’ra 3 qismga bo’linadi: viloyatning shimoliy-g’arbiy qismini Qizilqum
cho’li egallagan - bu yerda berk botiqlar (Qaraqota, Mo’llali, Mingbo’loq), eol
qumli tekisliklar va qoldiq tog’lar (Ovminzatog’, Yetimtog’, Bo’kantog’,
Tomditog’) va hokazolar bor; Janubiy-sharqiy qismini Nurota tog’ tizmalarining
g’arbiy qismi past va o’rtacha balandliklardagi tog’lar (Qoratog’, Oqtog’ va
boshqalar) hamda tog’lararo botiqlar (Nurota botig’i va boshqalar) egallagan;
Zarafshon daryosi vohasining o’rta qismida viloyatning paxtachilik zonasi
joylashgan.
Navoiy vioyatining o’zining orografik xususiyatlari bo’yicha Respublikaning
boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida kichik-kichik qoldiq
tog’liklar (Quljuqtov, Ovminzatov, Yetimtov, Bo’kantov, Tomditov) mavjud.
Pasttekisliklar chekka shimol va simoli-g’arbda (Qizilqum cho’llari), botiqlar
(Qorakota, Mo’llali, Mingbo’loq) viloyatning ichki qismida joylashgan.
Balandliklar dengiz sathidan 250 – 300 metr yuqorida, tog’liklarning eng tepa
nuqtalari esa 2000 metrga yaqin (Oqtov tizmasida).
Nurota, Oqtov, Qoratov tizmalari janub va janubi-sharqda Turkiston va
Zarafshon tizmalariga qo’shilib ketadi. Mazkur tog’lar turli qazilma zahiralariga
boy. Bu jihatdan ayniqsa kichik qoldiq tog’larning ahamiyati katta (Bo’kantov,
Tomditov, Quljuqtov, Ovminzatov, Yetimtov, Aytimtov, Ko’kpatas, Qozoqtov,
Beltov). Bo’kantovning eng baland nuqtasi Irmir tog’i – 764 metr dengiz sathidan
balandlikda, Yetimtovniki – 565 metr, Tomditovda – 974 metr, Qozoqtovda – 612
metr, Nurota tog’ida Avga – 1701 metr ( bu viloyatning ehg baland nuqtasi
hisoblanadi), Qoratovda 1100 metr. Ko’rinib turibdiki, viloyatdagi tog’lar baland
emas va ularning umumiy landshaft tuzulishi qo’shni Qozog’iston hududini,
17
ayniqsa yassi tog’larini eslatadi. Uncha baland bo’lmagan tog’lar yoki tepaliklar
Navoiy viloyatida ahyon – ahyonda uchrab turadi, qolgan katta maydonlarni esa
cho’kmalar (Qorakota, Mo’llali, Mingbo’loq) va qumliklar (Pikaturma,
Yomonqum va boshqalar) egallaydi. Bahor oylarida bu joylar yam-yashil o’t va
lolaqizg’aldoqlar bilan qoplanadi va ajoyib manzara yaratadi.
E’tirof etish joizki, xuddu shunday yer ustining tuzulishi uning qazilma
resusrlarga boyligini ham ko’rsatadi. Viloyatdagi tog’lar, asosan, sillur, devon,
toshko’mir, bo’r, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Bilamizki, Navoiy
viloyati juda ko’p foydali qazilma turlariga boy. Nurota, Oqtog’, Qoratov tizmalari
janub va janubi-sharqda Turkiston va Zarafshon tizmalariga qo’shilib ketadi.
Mazkur tog’lar turli xil qazilma boyliklariga boy. Bu jihatdan ayniqsa, kichik
qoldiq tog’larning ahamiayti katta. Viloyat hududi, eng avvalo, o’zining oltin
zahiralari bilan ajralib turadi. Bu yerda uran, fosforit, asbest, dala shpati, marmar,
qurilish materiallari xom-ashyosi va boshqa foydali qazilmalarning konlari
mavjud. Chunonchi, Muruntovda oltin, Ovminzatog’ shimolida grafit topilgan.
Shuningdek, viloyatda volfram, fosforit, kvarts qumi, sement, ohaktoshning
zaxiralari mavjud. Ayni ana shu mineral xom ashyo resusrlari viloyat iqtisodiyotini
shakllantirish, uning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirishda
muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |