O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti San`atshunoslik fakulteti



Download 0,95 Mb.
bet3/8
Sana07.03.2022
Hajmi0,95 Mb.
#485710
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Son belgili proyeksiyada to‘g`ri chiziqning izini aniqlash.To‘g`ri chiziqning qo‘ymasi, intervali va qiyaligi. Ikki to‘g`ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari

E S H I T I L D I :
Kafedra mudiri: t.f.n.A.Abdullayev so`zga chiqib, kafedra a`zolarining qalamtasvir rangtasvir va tasviriy san`at o`qitish metodikasi hamda muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi fani bo`yicha tayyorlagan kurs ishi haqida to`xtalib, ishning to`liq talab asosida tayyorlanganligini, kurs ishining xulosasi, zaruriy hujjatlari rasmiylashtirilganligini ta`kidlab o`tdi. Shundan so`ng talaba: _____________________________________O`z mavzusi bo`yicha uning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, olib borilgan uslubiy ishlarning natijalari haqida o`zining xulosa va tavsiyalarini bayon etdi.
Kurs ishining mavzusi yuzasidan berilgan savollarga to`liq javob qaytardi.


MAJLIS QAROR QILDI:

  1. Talaba: __________________________________________________ ning _____________________________________________________________ mavzusidagi kurs ishi tugallangan ish deb hisoblansin.




  1. Kurs ish himoyaga tavsiya etilsin.



Kafedra mudiri: t.f.n.A.Abdullayev
Son belgili proyeksiyada to‘g`ri chiziqning izini aniqlash.To‘g`ri chiziqning qo‘ymasi, intervali va qiyaligi. Ikki to‘g`ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari.


Reja:
Kirish.
Asosiy qisim.
I.BOB. Son belgili proyeksiyada to‘g`ri chiziqning izini aniqlash
1.1.Nuqta va to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari.
2.2.To`g`ri chiziq bilan tekislikning kesishishi.
II.BOB. To‘g`ri chiziqning qo‘ymasi, intervali va qiyaligi.
2.1. To‘g‘ri chiziqning intervali, qiyaligi va promillesi.
2.2. To‘g‘ri chiziq qiyaligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1”.
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb–hunar ko`nik- malariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona еchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb–hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi.
Istiqlol tufayli o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin dеmokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko`proq mantiqiy mushohada qilish tamoyillariga asoslanmoqda. Ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O`zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy g`oyalarida o`z aksini topgan.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kеchiktirib bo`lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Prеzidеntimiz Islom Karimov ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydе- vorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir”. Shu jihatdan olganda, mam- lakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyor- lash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil Davlat suvеrеnligini qo`lga kiritgan birin- chi kunlaridanoq, uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan, kеng islohotlar mil- liy ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlash- tirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modеlni” hayotga tadbiq qilishga qaratildi.
Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istе’dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida bеlgilab bеrilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim–tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimov shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi.
Hozirgi zamon chizmalarini chizmachilik qoidalarini bilgan va chizmalarni bajarishda qabul qilgan shrtliklardan xabardor bo`lgan kishilargina to`la tushinish- lari mumkin. Jaxonda ishlab chiqariladigan barcha sanoat mahsulotlari, shuningdek O`zbekiston poytaxtida ya`ni Toshkentdagi aviasozlik zavodida ishlab chiqari- layotgan IL-86 rusumli samaliyotlar, Toshkent traktor zavodidan chiqayotgan pax- ta terish mashinalari, Asakadagi avtomabil zavodidan chiqarilayotgan Damas, Nexsiya, Matiz, va boshqa rusumli hozirgi zamon avtomobillari faqat chizma- lar asosida yaratiladi.

I.BOB. Son belgili proyeksiyada to‘g`ri chiziqning izini aniqlash


1.1.Nuqta va to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari


Son belgili proyeksiyalar asosan gorizontal o‘lchamlari vertikal o‘lchamlariga nisbatan katta farqli bo‘lgan yer sirtidagi inshoatlar (to‘g‘onlar, katlovonlar, aerodromlar, gidrouzellar va xakozolar)ni loyihalash va tasvirlashda keng qo‘llaniladi. Yer sirtidagi tabiiy tepaliklar, chuqurliklarning releflarini (ya’ni kartografiya va geodeziya) tasvirlashda asosiy proyeksiyalash usuli sifatida foydalaniladi.


Son belgili proyeksiyalarda narsalarning faqat gorizontal proyeksiyalari berilib, frontal proyeksiyasi o‘rniga ob’yekt nuqtalarining gorizontal tekislikdan uzoqliklari son bilan beriladi. Bu gorizontal tekislik nol belgili (H0) gorizontal proyeksiyalar tekisligi deb qabul qilinadi.


S on belgili proyeksiyalarda o‘lchov birligi qilib odatda metr (m) qabul qilinadi. 1-rasmda H0 – proyeksiyalar tekisligidan hA masofada joylashgan A nuqtaning A0, proyeksiyalar tekisligini kesib o‘tuvchi og‘ma BD (B0D0) kesma va proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan a to‘g‘ri chiziqning a0 proyeksiyalari berilgan.


1-rasm

Proyeksiyalar tekisligidan yuqorida joylashgan nuqtalarning belgilari musbat (Q) ishorali va tekislikdan pastda joylashgan nuqtalar esa manfiy (-) ishorali deb olinadi. 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki A nuqta H0 tekislikdan hA birlik
yuqorida, B nuqta hB birlik yuqorida va D nuqta esa Ho tekislikdan hD birlik pastda joylashgan. Bu BD kesmaning H0 teksilik bilan kesishgan nuqtasi C esa nol belgili nuqta bo‘lib uning proyeksiyasi C0 o‘zi bilan ustma-ust tushadi.

2-rasmda yuqoridagi nuqtalarning son belgili proyeksiyalari tasvirlangan bo‘lib, unda nuqtalarning proyeksiyalariga son belgilari mos ravishdagi indekslar bilan yoziladi. Masalan: AhA bu A nuqtaning H0 tekislikdan hA masofada joylashganini bildiradi. 3-rasmda nuqtalarning aniq belgilari bilan ortogonal proyeksiyalari tasvirlangan. Nuqtalarning berilgan son belgili proyeksiyalariga asosan ularning fazodagi vaziyatlarini aniqlashda, pozitsion va metrik masalalar yechishda bir xil masshtabdan foydalanish uchun Chizmada chiziqli masshtab beriladi.


3-rasm

To‘g‘ri chiziq o‘zinng ikki nuqtasining son belgili proyeksiyalari bilan beriladi.Fazodagi biror to‘g‘ri chiziqning H0 proyeksiyalar tekisligiga nisbatan xolatlari 4-rasmda keltirilgan. Bunda a to`g`ri chiziq H0 ga nisbatan umumiy vaziyatda, Chunki unga tegishli bo`lgan A2 va B8 nuqtalarning son belgilari bir-biridan farqlidir, b to`g`ri chiziq esa H0 tekislikka parallel joylashganligi undagi C4 va D4 nuqtalarning son belgilari bir xil ekanligidan ko`rinib turibdi. Agar to`g`ri chiziq H0 ga perpendikulyar bo`lsa, Chizmada c to`gri chiziq, uning proyeksiyasi F5 va K20 bir nuqtaga tushadi.

4-rasm

To`g`ri chiziqning H0 tekislikdagi proyeksiyasi uning qo`ymasi deyiladi. 1-rasmdagi DB kesmaning H0 tekislikdagi DoBo proyeksiyasi uning qo`ymasidir. To`g`ri chiziqning H0 tekislikka nisbatan qiyaligi (i) BB0 ning CoBo ga nisbatiga, ya’ni iqBB0qCoB ga tengdir, boshqacha aytganda to`g`ri chiziq kesmasi uchlari ayirmasining uning qo‘ymasiga nisbati to‘g‘ri chiziqning qiyaligi deyiladi. Demak, to‘g‘ri chiziq o‘zining bitta nuqtasi (A5) va qiyaligi (iq1:3) bilan ham berilishi mumkin ekan (5-rasm).

5-rasm 6-rasm


To‘g‘ri chiziqning bir birlik ko‘tarilishidagi kesmasining qo‘ymasi uning intervali deyiladi va l harfi bilan belgilanadi (6-rasm), bundan iq1ql.


Demak, kesma intervali uning qiyaligi bilan teskari proportsional ekan, ya’ni lq1qi. Pozitsion masalalarni yechishda ko‘pincha to‘g‘ri chiziq kesmasini interpolyatsiyalashga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri chiziq ustidagi butun son belgili nuqtalarning proyeksiyalarini topish uni interpolyatsiyalash deyiladi. To`g`ri chiziqni interpolyatsiyalash kesmani proportsional bo‘laklariga bo‘lish qonuniyatiga asoslanadi. Masalan: A2,5 va B7 nuqtalarining proyeksiyalari bilan berilgan biror a to‘g‘ri chiziqda C4 nuqtaning proyeksiyasini aniqlashni ko‘raylik (7-rasm). AB to‘g‘ri chiziqning A2,5 B7 qo‘ymasi orqali vertikal tekislik o‘tkazamiz. Bu tekislikning xx o‘q atrofida aylantirib H0 tekislik bilan jipslashtiramiz, u holda AB kesmani proyeksiyalovchi AA2,5 va BB7 nurlar xx o‘qqa perpendikulyar bo‘ladi. A2,5 va B7 nuqtalar orqali berilgan chiziqli masshtab birligida kesmalar qo‘yib A va B nuqtalar aniqlanadi, bu kesma AB to‘g‘ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi bo‘ladi. B7 nuqtadan chiqarilgan tik chiziqqa to‘rt belgini aniqlab A2,5 B7 ga parallel (4C) o‘tkazib C nuqtani aniqlaymiz. Bu izlangan nuqta bo‘ladi.


7-rasm





    1. Download 0,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish