236
Go’daklar uyida bolalar sog’ligini saqlashga, xususan ularning asab tizimlarini
asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkur, tasviriy
faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk 3 yili
ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji
bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq
rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik.
Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan
ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush ijtimoiy
va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida
javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi.
Natijada hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo bo’lishi
mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar
(bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va
buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir.
Bu nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lish nutq rivojining
ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga
yetarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz
harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki aksincha ular bilan ortiqcha jismoniy
aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi.
Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon
bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala
vositasiga aylanishi mumkin va boshqa go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu
borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo’lishlar kuchayadi (bolaga
biror narsa rad etilganda yig’i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga,
ba’zan kattalarga nisbatan agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit
xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan
muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini
inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish
lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ
ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: