Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida. Ijtimoiy pedagogika va
ijtimoiy ish
XIX asrda yevropa va SHimoliy Amerikada bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy
jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy
faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi.
G`arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy
pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi,
biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko’p umumiy
jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so’zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda
178
tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni
bajarishadi.
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga
ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor
ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”,
“hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogik ham ijtimoiy ishda
qo’llanishi tasodif emas.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki
ishchilar toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini
to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan,
bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar
birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli
fanlardan kelib chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa
ijtimoiyogiyadan.
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog
faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan
ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo’ladi. Bu ikki
mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo’yicha ham farqlanadilar.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi
muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga
keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular ham insonga
bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu
holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan
va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi.
SHunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj
bo’lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga
aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir.
Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy
pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini
bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga
insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib
ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan
olinayapti.
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish
qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o’xshash faoliyat
doirasidan nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni
qondirishga to’siq bo’ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib
turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat)
ko’rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish jamiyatning
yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining
hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy
ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham
ko’p emas.
179
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol paydo
bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi?
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning
“ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “YAxshi ijtimoiy
ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi, u kambag’allikni
umuman bartaraf etish uchunnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan
keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida
I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan:
biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya,
pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda Avvallari bu
ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash,
yerning yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy
xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari,
kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash. Bunaqa tor
ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu
muammolarga aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon
munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib
qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni
yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi.
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish,
sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va
axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida
unga yordam so’rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega
bo’lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi yondoshuvga
aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv mos, universallik
turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik,
nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim
o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga
ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir
qancha inson muammolarini hal qilishdi.
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim
tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya,
Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda
bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o’zlashtirishganlarning
qo’shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya,
psixologiyadan ko’p narsa olgan. SHaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila
muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish,
submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va turli
madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan
o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal
qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tushunish
kengayib bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib
180
bormoqda, maxsus konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana
samarali qo’llash masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar
almashuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |