O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/342
Sana15.01.2022
Hajmi3,66 Mb.
#368132
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   342
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy    pedagogika  va    pedagogik    sotsiologiya-  bu    bolalarning  
ijtimoiylashuvi    va    bolalarga    ijtimoiy    ta'lim  va    ijtimoiy    tarbiya    berish  
qonuniyatlarini o`rganuvchi  pedagogika  fanining tarmog`idir.
  Ya'ni tarbiya-  bu 
nafaqat    o`quv    muassasalari    balki    butun    jamoatchilik,    jamiyatning    barcha  
jabhalarida o`z  ko`rinishiga  ega.   
Ijtimoiy  pedagogika-  odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari 
jarayoni  davomida  ularda  hosil bo`ladigan   fikrlar, e'tiqodlar,  g`oyalar, qarashlar, 
his-tuyg`ular,    turli  xulq-atvor  shakllarini  tushuntirib  beruvchi  fandir.    Har  bir 
shaxsning  jamiyatda    yashashi,  uning    ijtimoiy    normalarga  rioya    qilgan  holda  
o`ziga  o`xshash  shaxslar    bilan  o`rnatadigan    murakkab  o`zaro    munosabatlari  va  
ularning  ta'sirida    hosil  bo`ladigan  xodisalarning    pedagogik    tabiatini  va 
qonuniyatlarini  tushuntirib berish-  ijtimoiy  pedagogikaning     asosiy  vazifasidir.  
Ijtimoiy pedagogika  O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa  mamlakatlarda 
ham  uzoq  va  chuqur    an'analarga  ega.    Shunga    qaramay    sobiq  sovet  tuzumi 
davrida    ijtimoiy    pedagogika  yutuqlari  e'tiborga  olinmadi.    Mana  shuning  uchun 
ham  ijtimoiy    pedagogika  yangi  soha  sifatida    faqat  ijtimoiy-  pedagogik 
mutaxassislar  davlat  va    jamoat  organlari    boshqarmalarinigina  emas,  balki  


 
140 
mutaxassislar    tayyorlaydigan  tizimni,    shuningdek    ijtimoiy-pedagogik  
faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini  ham o`z ichiga oladi.  
     
 Ijtimoiy  pedagogikani  rivojlantirish va mazkur yo`nalishda   mutaxassislar 
tayyorlash  muhim ahamiyat kasb etmoqda.   
      
Ijtimoiy  pedagogika  yaqin  kelajakda o`qituvchi  yoki tibbiy  xodim  singari 
ommaviy    kasbga  aylanadi,    chunki  ayrim  odamning  ijtimoiy  kasalligini  oldini 
olish  va  ma'naviy-axloqiy  og`ishini  davolash  «ijtimoiy    epidemiya»ga    qarshi 
kurashga  nisbatan ancha  osondir.  
Bir  ob'ektni  turli  fanlar    tomonidan  qrganish    mumkin.    Ijtimoiy  
pedagogika-  tarbiya    va  ta'lim  jarayonida  bolalarga  jamiyatda  birga  yashash  bilan 
bog`liq  bo`lgan  holat  va  xodisalarni  o`rgatadi.  Bu  jarayon    jamiyatga  «kirish»  va 
o`zaro  munosabatda  bo`lishni  anglatadi.  Ular  ma'lum  ijtimoiy  tajriba  (bilim, 
qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma)  oladilar, ya'ni  ijtimoiylashtirish  yuz beradi.    
  
 «Ijtimoiy    pedagogika    va    pedagogik    sotsiologiya»  kursi    talabalarning  
umumpedagogik  bilim  darajasini  kengaytirish  bilan  birga,  ularni  jamiyatdagi  
turli  munosabatlarni,  ma'naviy    faktorlarni    tekshirish    shuningdek,    mazkur 
fanning  ob'ekti,    predmeti,    uning    boshqa    fanlar    bilan    aloqadorligi,  
kategoriyalari    ijtimoiy    pedagog    kasbining  spetsifik    xususiyatlari    kabi  
muammolar  ustida  bosh qotirishga  undaydi.   
Kursning asosiy  maqsadi  bo`lajak  pedagog  kadrni  hayotimizning  barcha  
jabhalariga    «pedagogik  ko`z»    bilan    qarash,  o`rganish,    reabilitatsiya    qilish  
yo`llarini aniqlash va ma'lum  xulosalar  chiqarishga  o`rgatishdan  iborat.        
 
Kursning  asosiy vazifalari  oliy o`quv  yurtlari  talabalariga: 
1. 
Mustaqil    O`zbekistonda    shakllanayotgan    Pedagogika    fanining  yangi  
qirralaridan  biri sifatida  Ijtimoiy  pedagogika  fani xaqida  tushunchalar  berish va 
ularni  ijtimoiy hayot bilan  muqoyasa o`rganish; 
2. 
Ijtimoiy  muhit  va shaxsning ijtimoiylashuviga  doir  qonuniyatlar; 
3. 
Ijtimoiy  pedagogning kasbiy  faoliyatining  o`ziga xos  spetsifik   
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida  tushunchalar  berishdan   
iboratdir.  
 
        Bozor iqtisodiyotiga o`tishning  ijtimoiy  munosabatlari  va bunda davlat 
hamda  jamiyatning  roli,  ba'zi  jamiyat  a'zolarining  ma'naviyatida  ro`y  berayotgan 
zaifliklar,  ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda 
kechayotgan  ma'naviy  va  mafkuraviy  isloqotlarni,  jamiyatni  pedagogik  nuqtai 
nazardan  o`rganish  ijtimoiy   
pedagogikaning  asosiy    muamolaridan  biridir
.  
Demak,  ijtimoiy  pedagogikaning  vujudga  kelishi  ijtimoiy  zaruriyat,  ijtimoiy 
buyurtmadir.  Ijtimoiy  munosabatlarni  ilmiy  pedagogik  nuqtai  nazardan  o`rganish 
va yanada takomillashtirish davr taqozasidir. 
Rahmdillik  va  xayr-sahovat  ijtimoiy-pеdagogik  faoliyatning  madaniy-tarixiy 
an'anasi sifatida
. O`zbеkistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. 
Ijtimjiy  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyoti  xalqning  tarixiy-madaniy  va  etnik  
an’analari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi va 
xalqning    inson  va  insoniy  qadriyatlar  haqidagi    qarashlariga  tayanadi.  Insoniyat 
rivojlanishining  turli  bosqichlarida    va  barcha  jamiyatlarda  ham    o`zini  to`laqonli 
boshqarishga  imkoni  bo`lmagan  kishilarga,  masalan,  bolalar,  qariyalar,  kasallar, 


 
141 
jismoniy  yoki  ruhiy  rivojlanishida  cheklanishlari  bo`lganlarga  munosabat 
masalasiga duch kelganlar.  Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha 
hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q qilishdan tortib ularni 
jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar tutilgan.   
  O`zbеkistonda  qadimdan    bunday  kishilarga  nisbatan  insonparvarlik  yo`li 
tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib kelganidan 
keyin  rahmdillik  va  xayr-saxovatga  e’tibor  kuchaygan.  Muhtojlarga  doimiy 
yordam ko`rsatib kelingan. 
 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish