Hayotiy vazifalar-
insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va
insonlarga nisbatan munosabat turi.
Homiylik-
voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy
huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha
keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Huquqbuzarlik-
biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar
ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
O’zaro munosabatlar-
jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish-
insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va
rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O’z-o’zini anglash-
inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar,
xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |