O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


oilada  bola tarbiyasini  o’rganish  deb nomlangan qismi



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/342
Sana15.01.2022
Hajmi3,66 Mb.
#368132
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   342
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

oilada  bola tarbiyasini  o’rganish  deb nomlangan qismi 
ham  mavjud,  unda
  ota-onalar  bola  bilan  qancha  vaqt  va  qanday  o’tkazishadi,  ularning 
umumiy  ishlari  nimalardan  iboratligi,  vaqtni  ota-onalar  o’z  farzandlari  haqida  nimalar 
bilishlari  haqidagi  ma’lumotlar  o’z  aksini  topadi.  Masalan-bola  nimaga    qiziqadi, 
nimalarni o’qiydi, kimlar bilan do’stlashgan, uning sog’ligi qanaqa va sh.k. SHuningdek, 
bu  jarayonda  bolalarning  ham  ota-onalari  haqida  nima  bilishlarini  aniqlash  juda 
muhimdir.  
 
 Bundan  tashqari,  ijtimoiy  pedagog  oiladagi  barcha  munosabatlar-kattalarning 
o’zaro munosabati, kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim 
hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug’i 
asosida quriladimi. Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa,  ijtimoiy pedagog bolaning 
holatini, kim bilan sizlashishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim. 
 
 Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to’qnash keladi. 
Bularga  bola  doimiy  ota-onalar  janjallarida  yashaydigan,  ota-onasi  giyohvand  bo’lgan 
oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo’ydi. 
 
 Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari bilan duch keladi. Bular: 
-kasal bolalar, nogiron bolalar, 
-nogironlar, nafaqaxo’rlar, qariyalar, 
-foxishabozlik, 
-giyohvandlik, 
-daydi bolalar, 
-ota-onalarning ajralishlari. 
 
SHubhasiz,    ijtimoiy  pedagogning  oiladagi  birinchi  vazifasi  bu  inqirozli 
vaziyatlarni  hal  qilishdir.    Ijtimoiy  pedagog  oila  bilan  ish  yuritishda  uch  asosiy  rolni 
o’ynaydi: 
 
Maslahatchi-oilani  ota-onalar  va  bolalarning  o’zaro  ta’sirining  muhimligi  haqida 
gapirib beradi, bola tarbiyasi bo’yicha pedagogik maslahatlar beradi. 
 
Konsultant-oila  qonunchiligi  masalasi  bo’yicha  maslahat  beradi,  mavjud  tarbiya 
metodlarini  ma’lum  qiladi,  oilada  bolaning  me’yorida  rivojlanishi  va  rivojlanishi  uchun 
zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi. 
 
Himoyachi-bola  ota-onalari  shaxsiyati  (giyohvand,  aroqxo’r,  bolalarga  yomon 
munosabat)ning to’liq degratatsiyasiga duch kelganda bolani himoya qiladi. 


 
227 
 
 Ijtimoiy  pedagogning  oiladagi  faoliyati  uch   asosiy    ijtimoiy  pedagogik  yordam-
ta’lim, psixologik, vositachilik yordamlaridan iborat. 
 
 
  
          
 
       
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogik  yordam  o’z  ichiga    ijtimoiy-pedagogik  faoliyatning  ikki  yo’nalishini 
oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. 
 
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va 
ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. 
 
 Ijtimoiy  pedagog  faoliyati  quyidagi  masalalar  bo’yicha  ota-onalarning  keng 
yoritishni ko’zda tutadi: 
-ota-onalarning  bo’lajak  farzandlarini  tarbiyalashlari  uchun  pedagogik  va  ijtimoiy-
biologik tayyorgarligi; 
-bolalarda  tengdoshlariga  nisbatan  adekvant  munosabatni  shakllantirishda  ota-onaning 
o’rni; 
-bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona obro’ e’tiborining ahamiyati, 
-oilada  turli  avlodlarning  o’zaro  munosabati,  bolalarga  pedagogik  ta’sir  usullari,  bolalar 
va kattalar orasida ijobiy munosabat shakllantirish. 
 
Tarbiyada  yordamlashish      ijtimoiy  pedagog  tomonidan  avvalo,  ota-onalar  bilan 
ularga  maslahat  berish  orqali,  shuningdek  esa  bola  bilan  maxsus  tarbiyaviy  holatlar 
yaratish orqali o’tkaziladi. 
 Ijtimoiy  pedagogik  yordamning  psixologik  yo’nalishi  2  komponentdan  iborat: 
ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash va korreksiya (to’g’rilash).  
Qo’llab-quvvatlash  qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga 
qaratilgan  turli  shakldagi  stress  holatlarini  boshdan  kechirayotgan  oilalarni  psixologik 
qo’llab-quvvatlashni    ijtimoiy  pedagogning  qo’shimcha  psixologik  ma’lumot  bo’lganda 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari 
mumkin.  Agar  qo’llab-quvvatlash  kompleks  tarzida  amalga  oshirilsa  nihoyatda  foydali 
bo’ladi.    Ijtimoiy  pedagog  oiladagi  shaxslararo    munosabatlarni,  oilada  bolaning  tutgan 
o’rnini,  oilaning  jamiyat  bilan  aloqasini  tahlil  qilib  muammoni  o’rganadi,  psixolog  esa 
psixologik  testlar  va  boshqa  metodlar  vositasida  oila  a’zolarining  nizoga  olib  keluvchi 
ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo’ladi.  
Социал педагогик ёрдам 
Ta'lim  
 
Psixologik  
 
Vositachilik  
 
O`qitish  
 
Tarbiya  
 
Qo`llab-
quvvatlash   
 
Korrеksiya  
 
Tashkil qilish 
 
Tartibga 
solish 
 
Axborot bеrish 
 


 
228 
 
SHaxslararo  munosabatlarning  korreksiyasi  asosan  oilada  bolaga  nisbatan  ruhiy 
zo’rlik  bo’lganda  qo’llanadi.  Ruhiy  zo’rlik  bola  asab-ruhiy  va  jismoniy  holatining 
buzilishiga  olib  keladi.  YAqin-yaqingacha  bu  hodisaga  yetarli  e’tibor  berilmagan. 
Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini 
oqlamaslik kiradi. 
 
 Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada 
tartib  va  intizomni  ta’minlashga  qaratilgan  barcha  choralar  bola  huquqlari  to’g’risidagi 
Konvensiya talablariga asoslanishi lozim. 
Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya 
oila  ichidagi  nizolarni  ochib  ko’rsatadi.  Uning  maqsadi  oila  a’zolariga    ular  o’rtasidagi 
munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir. 
 Ijtimoiy  pedagogik  yordamning  vositachilik  yo’nalishi    uch  komponentdan  iborat: 
tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.  
Tashkil qilishga yordam
 oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam 
olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini  
yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat. 
 
Tartibga  solishga  yordam  berish
  muayyan  oilaning  muammosini  hal  qilish 
bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga: 
1.
 
Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish, 
2.
 
Bolalikka olish, 
3.
 
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi. 
  
Axborot  berishga  yordam
  oilani    ijtimoiy  himoya  masalalari  bo’yicha  axborot 
bilan  ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, 
oilaviy,  mehnat,  fuqorolik,  nafaqa  qonunchiligi,  bolalar,  ayollar,  nogironlar  huquqlari, 
shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish