Maqom-
bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
“Men” konsepsiyasi-
insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-
o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat,
diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat
yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-
bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini
nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila-
insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga
keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy
institut.
Ontogenez-
hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha
indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir
sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin
rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-
prenatal va postnatal.
Do'stlaringiz bilan baham: |