239
ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash.
2. Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab
turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish.
3. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta
shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan
tanishtirishi lozim.
4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish
kerak, maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim.
Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda
avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu
bilan birga bolaning shu paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa
ovqatlanish rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik
miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va glyukoza qqo’shilgan qorishma berish
ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish
protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim.
5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi,
bolalar, xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. YAngi guruhdagi ayniqsa
ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir
o’yinchoqni olib kelishga ham ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli
o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi yoki guruh
kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash uchun bolaning yurish-turishi,
ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish kerak.
6. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya
muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar
uyiga kirishdagi vaziyat ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan
o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi, o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu
holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va og’ir adaptatsion sindrom ham paydo
bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan ko’proq shaxsan aloqa qilish,
uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish,
bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: