Oilaning ijtimoiy maqomi
Oilaning jamiyatda moslashuvining ko’rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi,
ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari
majmuasidan shakllanadi. Oilaning to’rtta maqomi mavjud bo’lib, ular: ijtimoiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila
daromadlari, yashash ko’rsatgichlarini o’z ichiga oluvchi moddiy ta’minotlanganlikdir.
Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.
YUqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni
qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin
yaratadi.
O’rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va
boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past-daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past,
ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. YAxshi iqlim emotsional
yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. YOmon, noxush iqlim esa
nizo-janjallar ko’pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni
saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy
ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari.
Vaziyat-rol maqomi-bolaga munosabat xarakteri______?___.
Oilaning ijtimoiy moslashuv bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy
pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A. Q. Minavarovning
5
fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo’nalishda bo’luvchi uning
tuzilmasiga bog’liq.
Bu yo’nalishlar demografik-ko’pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning
birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim
olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining
o’ziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rttaasosiy
kategoriya asosida shakllanadi:
YAxshi oilalar-o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi
ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lib qolsa ularga bir karra yordam
ko’rsatish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |