ijtimoiy pedagog- ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo’yicha o’rta yoki oliy professional
ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional
tartibda yurita oladigan mutaxassis.
ijtimoiy pedagogika-shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning
ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy
pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.
ijtimoiy pedagogik bashorat-bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror
bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni
bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning
mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.
ijtimoiy pedagogik markaz- ijtimoiy psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar,
tarbiya muassasalari tarmog’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |