O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Tarbiyasi  og’ir  o’spirinlar  jismoniy  jihatdan  sog’-salomatdirlar,  biroq  ularning 
ta’lim-tarbiyasi  buzilgan.  Ular  o’z  tengdoshlaridan  o’qishda  ortda  qoladilar,  chunki 
ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.  
Garchi  ular  o’zlariga  qiziqarli  narsani  bajarishsa  ham  ular  mehnat  qilishni 
yoqtirishmaydi,  o’zlarini  biror  ishni  bajarishga  majbur  qila  olmaydi,  ular  tizimli 
shug’ullana olishmaydi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, 
o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar. Maktabni 
tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, 
giyohvand  moddalar  iste’mol  qilishadi,  huquqbuzarliklar  sodir  etishadi.  Aynan 
o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.  
O’spirinlarning  pedagogik  jihatdan  tarbiyalanmaganliklari    ijtimoiy  pedagogik 
hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya 
ishining  qoniqarsiz  yo’lga  qo’yilganligi  natijasidir.  Amaliyotda  isbotlanganidek 
o’spirinni  o’rab  turgan  bu  mihit  shakllari  odatda    ijtimoiy  pedagogik  darajalari, 
yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila, maktab, maktabdan 
tashqari  muassasada  bolani  tarbiyalovchi  omillarni  boshqarsa,  ko’cha-ko’yda  ularni 
boshqarib  bo’lmaydi.  Bu  tarbiya  jarayonida  aks  etmasligi  mumkin  emas.  CHunki 
o’spirinlar  bo’sh  vaqtlarining  aksariyati  aynan  ko’chada  o’tkazishadi.  U  yerda  ularning 
muomalasi,  ya’ni  eng  muhim  ijtimoiy  ehtiyojlaridan  biri  shakllanadi.  O’quvchi 
o’spirinlar  uchun  asosiy  faoliyat  bu  o’qishdir.  Biroq  o’qish  tarbiyasi  og’ir  o’spirinlar 
uchun  o’qituvchilar  va  tengqurlarining  hurmatini  qozona  olish  vositasi  emas.  SHuning 
uchun  ular  o’zlariga  muhim  bo’lgan  faoliyatni  maktabdan  tashqarida  izlashadi.  Aynan 
shu  yerda,  o’zi  kabi  o’spirinlar  davrasida  ularga  yomon  xislatlar  va  qo’pollik  uchun 
tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi. 
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda  ijtimoiy 
ish olib borish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-
tarbiya  ishlarini  olib  borishning  yagona  rejasi  bo’yicha  maktab  va  barcha    ijtimoiy 
xizmatlarni  bolalar  tarbiyasi  va  himoyasi  muammosini  yechish  uchun  birlashtiradi. 
yagona  reja  buiycha  ish  yuritish  maktab  pedagogik  jamoasining  faoliyatini  tubdan 
o’zgartiradi.  Pedagoglar  maktabdan  tashqari  bolalar  muassasi,  sinf  rahbarlari,  guruh 
tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo’lishadi.  
Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati 
maktab  devorlari  ichida  qolib  ketmaydi,  ular  bolaga,  oilasiga,  bolalar  birlashmalariga, 
tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi. 
Pedagogik  tarbiyasi  og’ir  bolalar  bilan  ishlashda    ijtimoiy  pedagog  maktab  va 
maktabdan  tashqari  jamoaning  ularning  xulq-atvoriga  ta’sirini  o’rganadi.  Ular  bilan  ish 
olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim: 
1.  O’spirin bilan aloqa o’rnatish; 
2.  O’spirin bilan yaxshi o’zaro munosabatlarni o’rnatish; 
3.  Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o’rganish. 


 
254 
Psixolog  A.B.Filonov  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  pedagogik  texnologiya  ham 
samarali  hisoblanadi.  Unda    ijtimoiy  pedagogning  o’spirin  bilan  aloqasining  bir  nechta 
bosqichlari ko’rsatilgan: 
1.  Qarashlarida roziliklarning to’planishi; 
2.  Uning qiziqishlarini bilib olish; 
3.  O’smirlikning roziligi; 
4.  Xususiyatlari va sabablarini tushunish; 
5.  Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini o’rganish; 
6.  YUrish-turish va o’zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish
6
.  
YU.V.Vasilkova  tarbiyasi  og’ir  o’spirinning  tarbiyasiga  bosqichma-bosqich 
yondoshuvni ilgari suradi
7

I.  O’spirin bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish; 
II.  O’spirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish; 
III. Pedagogik tarbiyasi og’irligining sabablarini aniqlash; 
IV. Psixologik va  ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish; 
V.  O’spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash; 
VI. Tarbiya  va  o’z-o’zini  tarbiyalash  jarayonining  birlashishi,  o’spirin  faoliyatini  o’z-
o’zini mukammallashtirishga qaratish. 
Tarbiya  jarayoniga  kompleks  yondoshuv  o’spirinlar  guruhlari  paydo  bo’ladigan 
mikro  muhitlarga  faol  ta’sir  qilishni  talab  qiladi.  Kriminologlarning  ma’lumotiga  ko’ra 
voyaga  yetmaganlar  aksar  jinoyatlarini  guruh  bo’lib  sodir  etishadi.  Biroq  voyaga 
yetmaganlar  orasida  huquqbuzarlikni  bartaraf  etish  bo’yicha  ko’pgina  tafsiyalar 
indevidual  profilaktika  tavsiyalari  hisoblanadi.  Amaliyotda  isbotlanganidek  ajratib 
olingan  o’spirinning  huquqbuzarliklarini  bartaraf  etishga  qaratilgan  pedagogik  faoliyat 
har  doim  ham  kutilgan  natijalarga  olib  kelmaydi.  Bu  holat  huquqbuzar  o’spirinning 
yashash joyidagi  guruhning a’zosi bo’lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, 
ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak 
biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini 
e’tirof  etgan  holda  o’spirinlarni  o’rab  turgan  mikro  muhit  bilan  o’zaro  aloqalarini 
o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz. 
Pedagogik  ta’sirlarning  kompleks  tizimi,  tarbiya  vositalari,  shakl  va  mazmunini 
bildirib,  bu  faoliyatning  maqsadi  deb  pedagogik  tarbiyasi  og’ir  bolalarni  sinf  jamoasi, 
o’qituvchilar,  sinfdoshlar  bilan  munosabatlarining  normallashuvi  natijasida  o’smir 
guruhlarning  rejali  qayta  to’g’irlash  hisoblanadi.  Bu  munosabatlarning  normallashuvi 
o’smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.  
Tarbiyasi  og’ir  o’smirlar  bilan  ish  olib  borish  ommaviy  so’rovnoma  va  anketa 
to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarining 
qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.  
Tarbiyasi  og’ir  o’smirlar  bilan  ish  olib  borishda  pedagog  quyidagi  parametrlarni 
inobatga  olishi  lozim:  guruh  hajmi,  ularning  yosh  va  ijtimoiy  tarkibi,  muomala  qilish 
joylar  va  vaqti,  guruh  faoliyatining  mazmuni  va  yo’nalishi.  Muomalaning  bu 
parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng 
to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi. 
 ijtimoiy  pedagog  o’smirlar  guruhining  ijtimoiy  tarkibini  bilish  ham  muhim. 
Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala 
                                                
6
 Л.П.Филонов Дезадаптив ыспиринлар билан реабилитация жараёнида алоқа ўрнатиш технологияси. Замонавий 
шароитларда болалар ваўысмирлар реабилитацияси муаммолари ва тажрибаси. М, 1994. 127-143 б. 
 
7
 Ю.В.Василкова, Т.А.Василкова Социал педагогика. М:Академия, 2003. 362-363 б.
 


 
255 
qilish  qiziqarli  bo’ladi.  Biroq  bu  guruhlarda  hayot  haqida  yolg’on  tasavvurlarga  ega 
ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi: 
1.  Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish; 
2.  Tarbiyaviy ta’sirni to’g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to’g’ri tomonga yo’naltirish. 
Guruhlarning  o’rganilishi  va  taxlili  qilinishi  lozim  bo’lgan  mashg’ulotlarini  ikki 
turga  ajratsak  bo’ladi-vaqt  bo’yicha  –doimiy  va  nodoimiy,  yo’nalishi  bo’yicha-ijobiy 
(mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo’lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini 
iste’mol qilish, qimor o’ynash). 
Tarbiyasi  og’ir  o’smirlar  guruhlari  bilan    ijtimoiy  pedagogik  ish  olib  borishning 
uslublari va texnologiyalari quyidagilar: 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish