Deviant xarakterlarning asosiy sabablari
Bolalar, o`smirlar va umuman ba'zi jamiyat a'zolarining jamiyat tan olgan
me'yorlarga zid keluvchi hatti-harakatlarni namoyon etishi-bu birdaniga, o`z-o`zidan
bo`ladigan qodisa emas. Ya'ni o`sha insonlarning shunday yo`l tutishiga nimadir sabab
bo`ladi. Ya'ni har bir fazilat o`z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy
210
bog`liq bo`lgan turli xil faktorlarga bog`liq: irsiy, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy
amaliy faoliyati va h.k.
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga kltiruvchi qator
faktorlar mavjud. Jumladan:
1.Biologik
faktorlar,
ya'ni
bolalarning
ijtimoiy
hayotga
moslashuvini
murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga:
▪
genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.),
▪
psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik
xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar,
kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),
▪
fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning
duduqligi va h.k.)
2.Psixologik faktorlar, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan
tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi
kasalliklardir)
3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va
jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.
4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir:
jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining
qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.
5.Ma'naviy-aqloqiy
faktorlar.
Ularga
birinchidan,jamiyatdagi
ma'naviy
qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan,
muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik
kiradi.
Maktab
o’qo’vchisining
dezadaptatsiyasi
o’z
rivojlanishida
quyidagi
bosqichlardan o’tadi:
-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra
paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda
o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi
bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom
so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili
noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni
shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim
ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli
vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat
uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-
onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
211
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni
ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi
deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi,
boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va
kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik,
inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida,
qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning
deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |