Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka
olib keluvchi xulq-atvor.
Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining
shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy
mehnat ko’nikmalari kiradi.
Yetim bolalar-18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar.
Yetimlik-jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan
ijtimoiy hodisa.
Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.
Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga
tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |