Ibn Sino va G’arb tibbiyoti.
Ibn Sinoning g’oyalari nafaqat Sharq
mamlakatlarining, balki o’rta asrlarda Yevropaningma’naviy hayotida muhim
ahamiyat kasb etdi. XI-XIII asrlarda uning ilmiy merosi, ayniqsa falsafa va
tibbiyotga oid ko’plab asarlari G’arbiy Yevropada lotin tiliga tarjima qilindi.
42
Qadimgi yunon faylasuflari g’oyalarining Yevropada o’zlashtirilishi
Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlari g’oyalarining tushunilishi bilan bog’liq.
Bu borada Ibn Sinoning asarlari ham bundan mustasno emas.Uning birgina “Tib
qonunlari” asari XII asrning ikinchi yarmida Ispaniyaning Toledo shahrida lotin
tilida tarjima qilindi. Natijada Ibn Sinoning tibbiyoti, uning amaliy va nazariy
tajribasi G’arb tibbiyotiga kirib bordi. Tibbiyot sohasida yuzlab ilmiy va ilmiy
tadqiqot asarlari yozildi.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari XII asrda arab tilidan lotin tilida italiyalik
olim Kremonlik Jerard tomonidan tarjima qilindi. Keyinchalik XVI asr boshida
tabib va sharqshunos Andrea Alpago tomonidan Jerard tarjimasi tuzatilib qaytadan
tahrir qilindi. “Tib qonunlari” asari arab tilidagi matnlari bilan Yevropada 40 marta
chop etildi (Milanda 1473; Paduyada 1476; Venetsiyada 1482, 1507, 1544, 1591,
1708; Rimda 1593). XX asrning o’rtalarida asarning ivrit tilidagi tarjimasi qayta
tuzatildi.
O’rta asrlarda Ibn Sinoning “Tib qonunlari” dan tashqari boshqa asarlarining
ham G’arbda tarjimalari mavjud. Uning tibbiyotga oid “Al-urjuza fi al-Tibb” asari
XII asrda Kremonlik Gerard tomonidan lotin tilida tarjima qilingan bo’lib, asar
she’riy tarzda yozilgan va 1326 banddan iborat. XV-XVII asrlar davomida ushbu
asar Yevropada 6 marta nashr etilgan. 1956-yilda asarning fransuz tilidagi tarjimasi
(arab matnlari va lotin tilidagi tarjimasi bilan birga) nash qilindi. 1547-yilda Ibn
Sinoning buyrak kasalliklarini davolash to’g’risidagi muhim asari Venetsiyada
Andrea Alpago tomonidan lotin tiliga tarjima qilindi.
42
Т.И.Райнов. Великие ученые Узбекистана (IX-XI вв.) Издательство Уз Фан., Т. 1943., ст. 25
44
Ibn Sino tibbiyoti o’rta asrlarda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan ko’plab
tadqiq qilindi va g’arb tibbiyotiga dastlabki qadamlar qo’yila boshlandi. Jumladan,
yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha g’arbda
ham "Avitsenna usuli" deb ataladi.Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino oʻzi ixtiro
qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan.Bu usulni 15-asrda fransuz tabibi
Kalo qayta kashf etgan.
43
Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng
qoʻllanilgan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852
yilda amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarildi. Kasallikni davolashda Ibn Sino
shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan.
Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan davolash usuli
diqqatga sazovordir.U tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan ogʻrishni
foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu.Vagner-Yaureg (1857-1940) shunday
usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927
yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |