O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»


Jahonda mahsulot eksporti bo'yicha yetakchi davlatlar ulushi



Download 3,55 Mb.
bet46/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Jahonda mahsulot eksporti bo'yicha yetakchi davlatlar ulushi

G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hozirgi zamon texnika va texnologiyasiga, fan bilan ishlab yaiqarishning tub mohiyati bilan yangi o’zaro aloqalariga tayangan holda aholisining ko’pchilik qismi hayot sharoitini nisbatan yuqori darajaga ko’tarilishiga muvaffaq bo’ldi. Lekin shunga qaramasdan bu mamlakatlarda ham ishlab chiqarishda ayrim pasayishlar va xatto tanazzullar, ishsizliklar, inflyasiya va boshqa sosial inqirozlar bo’lib turadi. Tashqi savdo hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan yuqori bo’lgan davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Xitoy. Sanoatlashish yo’lidan borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat 2-jahon urushiga qadar o’tgan vaqtdagidan 2-3 marta tezroq o’smoqda, hatto g’arb mamlakatlaridan ham tezroq rivojlanmoqda. Shunga xos ravishda ishlab chiqarish daradasi ham o’sdi. Shu bilan birga hali o’nlab zaif rivojlangan mamlakatlar borki, ularning ko’pi sanoatlashish- gacha bo’lgan darajasiga ham ko’tarilgani yo’q.

FTIning jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga ta’siri: industrial jamiyatdan industrial xo’jalik orti jamiyatiga. Jahon xo’jaligida XVII-XIX asrlardagi sanoat to’ntarishigacha agrar tuzilishi yakka xukmron edi. Unda moddiy boylikning asosiy manbai qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq tarmoqlar bo’lgan. X1X asrning 2-yarmi va XX asrning 1-yarmida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning sanoat yetakchi o’rin tutgan industrial tuzilishi tarkib topdi. Mana shu bosqichda jahonda FTI davri boshlandi. FTI jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga juda katta ta’sir ko’rsatdi va hozir ham ta’sir ko’rsatmoqda. Uning ta’sirida jahon xo’jaligining tubdan yangi tuzilishi, industrial xo’jalik orti deb ataluvchi (yoki axborotli) tuzilishi shakllana boshladi.

FTI transportning ayrim turlari o’rtasidagi “mehnat taqsimotiga” katta o’zgarishlar kiritdi. Temir yo’l transportini ahamiyati umuman kamaydi. U o’z ahamiyatini sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p miqdordagi yuklarini tashishda, yo’lovchilarni o’rtacha masofalarga tashishda saqlab qolmoqda, shahar ichida tashishda ham. Avtomobil transporti shahar ichida va shaharlar atrofida yo’lovchi tashishda birinchi o’rinda turadi. Dengiz transporti xalqaro savdoning katta qismini ta’minlaydi. Masalan: neft, ruda, g’alla, sanoat mahsulotlari va hokazo. Lekin yo’lovchilar tashishda amalda ishtirok etmaydi (sayohatchilarni hisobga olmaganda). Havo transporti yo’lovchilarni o’rtacha va uzoq masofalarga tashishda katta ahamiyatga ega. FTIning xo’jalikning hududiy joylashtirilishiga ta’sir etuvchi omillari: 1. Hududiy omil. Hudud jamiyat geografik muhitining muhim qismlaridan biridir. Hudud qancha katta bo’lsa, tabiiy resurslari shuncha boy, xilma-xil bo’ladi. Aholi va ishlab chiqarishni joylashtirishning turli xil variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Masalan: Rossiya, AQSH, Kanada. Ularda hudud kattaligi sababli iqtisodiy zona, rayon, hudud, aksincha kichik mamlakatlarda hudud “yetishmasligi” kuzatiladi.

2. Iqtisodiy geografik o’rin omili (IGO’). IGO’ tushunchasini fanga N.N. Baranskiy to’liq asoslab kiritdi. U IGO’ning asosiy 4 xilini ajratib ko’rsatgan: 1) markaziy o’rin; 2) ichkarida (chekkada) joylashishi; 3) qo’shni joylashish; 4) dengiz bo`yida joylashish. Dengiz bo`yida joylashganlik (Arktika dengizlaridan tashqari) hamma vaqt qulay IGO’ bo’lgan, ayniqsa, FTI davrida aholi va sanoatning dengiz bo`yiga ko’chishi birinchi navbatda chetdan keltiriladigan xom-ashyo va yoqilg’iga intilish sabab bo’ldi.

N.N. Baranskiy fikricha mamlakat o’z IGO’ni tuzatishi va yaxshilashi mumkin. Masalan: Panama kanali, Suvaysh kanali, Volga, Don, Reyn-Rur kanallari kabilarni qazilishi, AQSHda transkontinental temir yo’lining qurilishi, Transamazoniya magistrali, BAM kabilar.

3. Tabiiy sharoit-resurslar omili. Tabiiy resurslardan foydali qazilmalar, birinchi galda og’ir sanoatni joylashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan: qora metallurgiya sanoati toshko’mir va temir ruda konlariga yaqin joylashtirilar edi. Undiruvchi sanoat uchun tabiiy resurslar omili asosiy omil bo’lib qoldi. Dunyoning shimoliy hududlarida katta maydonlarda (20 mln.km2) o’zlashtirilishi qiyin tabiiy resurslarni o’zlashtirilishiga FTI sabab bo’ldi. Masalan: materik sayozliklarini o’zlashtirish 90-yillarga kelib, “dengiz nefti”ni qazib olish butun jahonda qazib olinadigan neftning 1/4 qismini, “dengiz gazi”ni qazib olishning 1/5 qismiga etdi. Neft va tabiiy gaz qazib olishning asosiy rayonlari-Shimoliy dengiz, Fors ko’rfazi va Meksika qo’ltig’idir. Bular FTI yutuqlari natijasidir. Materik sayozliklarini o’zlashtirilishiga katta mablag’ sarflanadi va atrof-muhitni ifloslanib ketishi xavfi kuchayadi.

4. Transport omili. FTI davriga qadar bu omil ishlab chiqarishni joylashtirishga deyarli hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar edi. Transport vositalarini takomillashtirilishi transport xarajatlarini ancha kamaytirishga olib keldi. Transport inqilobi sanoat mahsulotlarini minglab kilometr atrofga chiqarishga, aholining siljib yurishini kuchaytirishga, ishlab chiqarishni dengiz boyiga siljishiga, tabiiy resurslarni tashib borishga, ya’ni hududlarni o’zlashtirishga va ishlab chiqarish bilan iste’molchi orasidagi ajralishni yo’qotadi. Masalan: BAM, TransamazoniY.

5. Mehnat resurslari omili. Ishlab chiqarishni joylashtirishga va xo’jalikning hududiy tarkibiga hamma vaqt ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatadi.

Mehnat resurslari omili ta’siri 2 xil namoyon bo’ladi: 1.Sanoatga, noishlab chiqarish sohasiga boshqa joylardan qo’shimcha ishchi kuchi jalb qilinadi. 2.Ishlab chiqarishni mehnat resurslari to’plangan joylarga ko’chirish foydaliroq bo’ladi. Masalan: G’arbiy Yevropa, AQSH qo’shimcha mehnat resurslarini o’ziga tortib oladigan asosiy markazlar. Masalan: Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoning arzon ishchi kuchlari G`arbiy Yevropa, AQSH, Yaponiya sanoatining ko’p mehnat talab qiladigan sohalarini o’ziga tortib oladigan asosiy markazlar, ya’ni qo’shimcha korxonalar. FTI davrida arzon ishchi kuchiga ayniqsa ayollar mehnatiga intilish saqlanib qoladi.



6. Hududiy to’planish omili. Ishlab chiqarish korxonalarining hududiy to’planishi katta samara beradi. Bunda sanoat tugunlari, transport tugunlari va hokazo. Bunda eski sanoat hududlarini mavqei katta, ular poytaxt, ko’mir havzalarini roli yuqori bo’lib, allaqachon to’planish omili roy bergan. Butun jahon sanoat ishlab chiqarishning 3/ 4 qismi shunday joylarda to’plangan. Lekin bu salbiy oqibatlarga-ekologiyaning buzilishiga olib keladi. Shu sababli FTI davri uchun ishlab chiqarishning tarqoqlanishi, mitti (mini) zavodlar qurilishi xos.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish