O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet28/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Dunyo okеani rеsurslari. 1. Dunyo okеani gidrosfеraming 94% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 2. Okеandan ko`plab minеral rеsurslar olinadi; a) Dеngiz suvidan 2/3 brom, 1/2 qismdan ko`proq magniy 1/4 osh tuzi, bundan tashqari dеngiz suvidan kaliy, oltin, uran va boshqa minеrallar olish mumkin; b) Okеan ostidan, shеlflardan ko`plab miqdorda nеft, gaz va boshqalar olinmoqda. 3. Okеan suvlaridam qalqish enеrgiyasi, tulqdinlar va iliq oqimlar ham katta ahamiyatga ega. 4. Biologik rеsurslar. Ular suvda yashovchi o`simlik va hayvonlar bo`lib, 35 mlrd. tonnani tashkil etadi. Norvеgiya, Bеring, Oxota va Yapon dеngizlari eng mahsuldor hisoblanadi. 5. Dunyo okеani rеkratsion rеsurslariga ham boy. Keyingi o’n yilliklarda jahon okeanshunos olimlari, shu jumladan Y.M. Shokalskiy, V.Y. Vize, N.N. Zubov, P.P. Shirshov, K.K. Makarov, Jak iv Kusto kabi rus va yevropalik tadqiqotchilar, o’nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida Dunyo okeanining ko’p sirlarini kishilar bilib olishdi. Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarining juda katta xazinasi ekanligi isbot qilindi. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat.Dengiz suvi miqdori 1338 mln km3 yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5% tashkil etadi. Bu degani Yerdagi har bir kishi uchun o’rta hisobda taxminan 270 mln m3 dengiz suvi to’g’ri keladi. Bundan tashqari dengiz suvi o’ziga xos “tirik ruda” bo’lib, tarkibida 75 xil kimyoviy element mavjud. Misrliklar va xitoyliklar qadim zamonlardanoq dengiz suvidan tuz ajratib olishni o’rganib olishgan. Hozirda dengiz suvidan ko’p miqdorda tuz (insoniyat iste’mol qilayotgan tuzning 1/3 qismi) undan tashqari magniy, brom, yod olinadigan manba bo’lib xizmat qiladi. Keyingi boylik Dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Materik sayozligidan qazib olinadigan resurslar orasida neft va gaz katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zaxirasining yarmidan ortig’i materik sayozligida joylashgan. Shuning uchun 5 ta Arktika davlatlari (Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, Daniya) Shimoliy Muz okeani havzasini bo’lib olish shartnomasini 2008-yil may oyida Grendandiyani Gotxob shahrida imzoladi. Materik sayozligidagi qattiq foydali qazilmalar nishab shaxtalar va dragalar yordamida qazib olinadi. Shuningdek okeanlarda cho’kib ketgan kemalar ko’plab qidirilmoqda va topilmoqda. Okean chuqur qismining asosiy boyligi temir-marganes qotishmalaridir. Dunyo okeanidagi asosiy temir-marganes qotishmalari X1X asrning 70 yillaridayoq inglizlarning “Chellenjer” ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan.

Dunyo okeani tagidagi barcha temir-marganes qotishmalari aniqlangan bo’lib, ularning katta qismi Tinch okeanida joylashgan. Temir-marganesni dunyo okeanidagi umumiy zahirasi 3 trln. tonna olish mumkin bo’lgani 0,5 trln. tonnani tashkil qiladi. Qotishmalarni qazib olish dastlabki tajribasi AQSH tomonidan Gavayi orollari yaqinida o’tkazgan (1980-yil). Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslari.Bu boylik juda katta. Olimlarning hisobiga ko’ra sayyoraimzdagi suv qalqishining umumiy qudrati 1-6mlrd kVt ga teng.1mlrd kVt qudrat Yer yuzidagi barcha daryolar energiyasidan ortiq. Suvning ko’tarilishi bilan bog’liq yirik elektr stansiyalarni 25 ta joyda qurish mumkinligi aniqlangan. Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya eng katta suv qalqishi energiya resurslariga egadir. Bu mamlakatlarda suv ko’tarilishining balandligi 10-15 metrga yetadigan sohillar bor. Masalan: Fandi qo’ltig’i (19 m), Penjina qo’ltiqchasi (14 m), Kandalashka (12 m). Dengiz suvlarining qalqishi hisobiga ishlaydigan elektr stansiyalari qurilgan bo’lib, ularni QES (PES) deyiladi. QESlar hozirda jahonning 5 mamlakatida mavjud bo’lib, ular: Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Xitoy.

Dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir. Bular suvda yashovchi hayvonlar va o’simliklardir. Bu resurslardan foydalanish akvakultura va marikultura usullarida qadimdan Xitoyda rivojlangan. Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35mlrd.t. hisoblanadi, ular 140ming tur mavjudotdan iborat bo’lib, shundan 130 000 turi hayvonot turlariga, 10 000 turi o’simlik turlariga to’g’ri keladi. Ular hammasi birgalikda yer biomassasini 5,5 % ini tashkil etadi. Norvegiya, Bering, Oxita, Yapon, dengizlari dunyodagi eng maxsuldor dengizlar hisoblanadi. Biroq okeanlardagi ko’pgina organizmlar muhofazaga muhtoj. Masalan: Kitlarni ovlash 1868 yildan boshlangan. Birgina 1962 yil dunyo boyicha 66000 kit ovlandi. Hozirga qadar esa Dunyo okeanidan 2mln.dan ortiq kit ov qilingan. Shuning uchun 1982 yildan boshlab jahonda kit ovlash BMT tomonidan ma’n etilgan.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish