Muammoli o`qitish tеxnologiyasi – ta'lim bеrishning eng samarali usullaridan bo`lib, u
asosan ilmiy bilimlar asosida muammoli vaziyatlar mantiqini shakllantiradi. Unda o`qituvchi
avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo`yadi, masalalarni, tajriba topshiriqlarini taklif
qiladi, ularni еchishga qaratilgan muhokamani uyushtira-di, xulosalarning to`g`riligini
tasdiqlaydi. Ta'lim oluvchilar oldingi bilim va ko`nikmalariga asoslanib, muammoli vaziyatni
hal qilish yo`llarini qidiradilar va takliflar kiritadilar. Hodisalar sabablarini aniqlagan holda,
ularni kеlib chiqishini tushuntiradilar, muammoli vaziyatni еchishning eng oqilona variantini
tanlaydilar. Bu usul ta'lim oluvchilarning qiziqishini oshiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |