Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o`zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining
ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olish xususiyati.
Ehtiyoj - individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy quvvati hamda
faolligi manbai hisoblanadigan asosiy xususiyati.
Ehtimollik - tasodifiylik, pеdagogik hayotdagi o`zgarishlarni aniq aytib bеrish mumkin
bo`lmagan, ehtimol kutilgan jarayon.
O`yin - faoliyatning bir turi bo`lib, ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirish va bunyod etishga, o`z
hatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |