Respublikamizda ichkilik va chekishni oldini olish maыsadida tajriba-sinov
tariqasida «Chekmasdan yoshlik gashtini sur» tarbiyaviy dasturi amalga tatbiq etila
62
Ushbu tadbirning tashabbuskori — «O`zbekistan British — Amerika Tobakko»
qo’shma korxonasi hisoblanadi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur tadbirni qo’llab-
quvvatlab boshlang’ich sinflarda axloqiy tarbiyani shakllantirish, o`quvchilarning
zararli odatlarga chalinib qolishining, binobarin, ular o’rtasida tamaki chekishning
oldini olish maqsadida yuqoridagi qo’shma korxona bilan hammkorlik shartnomasi
tuzildi.
Hamkorlik asosida «Chekmasdan yoshlik gashtini sur» tarbiyaviy dastur loyihasi
yaratildi,
Dastur loyixasi mualliflari — pedagogika fanlari doktori, prof. D.J. Sharipova
va psixologiya fanlari doktori, prof. V.A. Tokareva.
Dastur tashkilotchilari va ishtirokchilari — Xalq ta’limi vazirligi, yoshlarning
«Kamolot» jamgarmasi, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi hamda
«Maxalla» xayriya jamrarmasi.
Xalq ta’limi vazirligi ushbu maqsadlar uchun tajriba bazasi, loyihasining metodik
asosini belgilab berib, o`quvchi-yoshlar bilan bevosita mashkulot olib
boradigan o’qituvchilarning maxsus tayyorlanishini tashkil etdi.
Loyihani amalga tatbiq etish boshlanar ekan, uning qatnashchilari o`z oldilariga
har bir o’smir-yoshga hayotning barcha qirralari qiziqarli ekanligini, buning uchun
salomatlik va ijodiy boylik lozimligi to’g’risidagi asosiy tushunchani yetkazishni
bosh tamoyil qilib qo’ygan. O`quvchilar tomonidan turli muammoli holatlarda,
jumladan chekish yoki chekmaslik haqida o`z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini
olish, qadr-qimmatini hamda muomala madaniyati, do’stlarni tanlash, nizoli
vaziyatlarni to’g’ri hal etish, boy milliy an’analarimizni saqlash masalalari bosh
vazifa etib belgilandi.
Dasturning maqsadi — o’quvchilarning ijtimoiy salohiyati yuksalishida mustaqil
fikr va qaror qabul qilishlariga muammoli bo’lgan vaziyatlarda, shu jumladan
tamaki chekishga qarshi mas’uliyatli bir qarorga kelishlariga yordam berish.
Dastur o`quvchilarda yo`zaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarning oldini
olishda va turli vaziyatlarda mustaqil ravishda mas’uliyatli bir qarorga kelish
lozimligi va shaxsning faollik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
63
Dasturning mohiyati — shaxs tug’ilmaydi, shaxs shakllanadi.
Dastur — kasb-hunar kolleji yoshlari uchun tarbiyaviy mashg’ulot o’tkazish
hamda guruh rahbarlari uchun andoza sifatida ishlab chiqilgan.
Dasturning amaliyotga tatbiq etilishining asosiy xususiyatlari:
— dasturning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;
— dastur bo’yicha kollej o’qituvchilarining mazkur dastur mualliflari tomonidan
qisqa, maxsus tayyorgarlik mashg’ulotlaridan «trening»lardan o’tkazilishi;
— dastur ichki imkoniyatlarining kengligi, hayotiyligi, rivojlanib takomillashib
borishi;
— dasturning xalqaro andozalariga mos kelishi, chet el tajribasidan unumli
foydalanganligi;
— dasturda hamkorlikning yetakchiligi alohida urin tutishi, «Oila-kollej-mahalla-
jamoatchilik»;
— dastur bo’yicha — o’qituvchilar va o`quvchilar uchun zarur bo’lgan
ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishi;
— kollejlarda o’tayotgan tajriba-sinov jarayonining monitoringi mavjudligi;
DASTUR MODDIY ASOSGA EGA.
Tarbiyaviy dastur bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida amalga
oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: