Kirish
Ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda maktab adabiy ta’limining
imkoniyatlari katga bo`lganligi uchun ham istiqlolga erishilgan kundan boshlab
asosiy e’tibor uning samara beradigan usullarini ishga solishga qaratildi. I. A.
Karimov o`zbek xalqi bilan jahondagi boshqa xalqlarning ma’naviy-madaniy
qadriyatlari o`rtasidagi uyg`unlik, ularni bir-biriga zid ko`yish mumkin emasligi
haqida gapirib, shunday degan edi: "Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o`rganib,
o`z zaminimizga tatbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o`ziga xosligimizni, asrlar
sinovidan o`tgan an’analarimizni, hamisha iymon-e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy
tamoyillarimshni ham saqlab, yuksaltirib borishimiz zarur".
Jahon
fani
va
madaniyati
taraqqiyotiga
mislsiz
hissa
qo`shgan
bobokalonlarimizning ma’naviy merosini mustaqil O`zbekistonning kelajagi bo`lmish
o`quvchi yoshlarga adabiyot mashg`ulotlarda singdirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirish ko`proq adabiyotning
zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham " adabiyot o`qitishning bosh maqsadi
sog`lom, e’tiqoddi, o`zga insonning tuyg`ularini anglaydigan, o`tkir hissiyotli, yuksak
didli, axloqan barkamol, aqlan etuk, o`z xatti-harakatlariga mas’ul bo`la oladigan
komil insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan iboratdir",— deb aloxida
ta’kidlanadi. "Umumiy o`rta ta’limning "Adabiyot" o`quv dasturi"da. Komil
shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ota-bobolarimizning ulkan
madaniy-ma’rifiy meroslari insonning o`zligini anglashi, o`z-o`zini tarbiyalashini
taqoza
etadi.
Asrlar
davomida
millatimizning faxri bo`lgan shoir va
yozuvchilarimizning asarlari axloq-odob, ta’lim-tarbiya sohasidagi beqiyos
meroslarini targ`ib qilishda ko`rgazmalilikdan samarali foydalanish bugun amalga
oshirilishi zarur bo`lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bashariyat axloqiy tafakkur xazinasiga ulkan hissa ko`shgan bu adiblarimiz
asarlarini o`rganib, ulardan o`quvchilar ma’naviyatini shakllantirish va
takomillashtirishda unumli foydalanish zarur. Chunki yozuvchi asarlarida mehr-oqibat,
axloq-odob, halollik, poklik, do`stlik, ota-ona va farzandlarning burch hamda
huquqlari o`z ifodasini topgan. Bu insoniy tuyg`ular yosh avlod qalbiga etarli
darajada singdirilgan taqdirdagina uning ma’naviy kamolotini ta’minlash mumkin.
O`quvchilarda bunday e’tiqodni yuzaga keltirish uchun esa "Adabiyot"
darslarida hamda sinfdan tashqari, mustaqil o`qish va to`garak mashg`ulotlarida
yozuvchi hayoti va ijodini ko`rgazmalilik asosida o`rgatish katta samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: