hisoblanadi. Birinchidan, u yoki boshqa ko’nikmalar predmetli faoliyatda
shakllantiriladi. Ikkinchidan, bu jarayonning samaradorligi maktabda qanday
bo’lsa, oliy o’quv yurtida ham boshqa ko’nikmalar (intellektual, umum o’quv,
maxsus, informatsion) shakllanganlik darajasiga jiddiy bog’liq. Uchinchidan,
10
o’quvchilar va talabalarning eksperimental ko’nikmalariga bir xildagi
klassifikatsiya qo’llaniladi. Farqli tomoni shundaki, pedagogika oliy o’quv yurtlari
bitiruvchilarining eksperimental informatik bilimi va malakaviy ko’nikmalari
umumlashgan va psixologik-pedagogik sikldagi fanlarni o’rganishdagi egallangan
bilimlarini ham o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Respublikamizda va bir qator
xorijiy davlatlarda so’nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida fizika ta’limiga oid
tadqiqotlarning xarakteri fizika fani va ta’lim jarayoniga zamonaviy informatsion
texnologiyalarning intensiv joriy qilinishi bilan bog’liqdir. Bu yo’nalishda bir qator
nomzodlik dissertatsiya ishlari bajarilgan. Jumladan, G.N.Yunusovaning [54]
nomzodlik dissertatsiyasida Oliy ta’lim muassasalarida fizikani o’qitish jarayonida
kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o’qitish uslublari tahlil etilgan. Fizika
o’qitishda masala yechish va uning yechimini ifodalovchi grafik chizish, fizik
qonuniyat, hodisa va jarayonlarni kompyuter vositasida o’rganishda namoyish
tajribasi imkoniyatlari, ularga tegishli pedagogik dasturlar vositasini yaratish
hamda amaliyotga qo’llash orqali umumiy fizika kursining tanlab olingan
mavzularini o’qitish samaradorligini oshirish yo’llari bayon etilgan.
Moskvalik olima S.Kodikovaning [28] nomzodlik dissertatsiyasida maktab
o’quvchilarida tadqiqiy eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish rejasi va
texnologik modeli ishlab chiqilgan. Ko’nikmalarning tarkibi, darajalari va ularni
shakllantirish bosqichlari o’rganilgan. VII va VIII sinflarda laboratoriya
mashg’ulotlarini o’tish bo’yicha metodik tavsiyanoma yaratilgan. Fizikani
o’rganishda mustaqil ishlarning o’rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
M.Haydarovaning [52] tadqiqot ishi laboratoriya praktikumida texnika oliy
o’quv yurtlari talabalarini kasbga yo’naltirish muammosiga qaratilgan. Bo’lajak
muhandislarning kasbiy ko’nikmalari ajratilgan, kompleks laboratoriya ishlarining
hisoboti uchun talabalarning faoliyatlarini oshirishga imkon beruvchi smenardan
foydalanilgan, asboblar bilan tanishtiruvchi va kichik kursdagi talabalarni kasbga
yo’naltiruvchi topshiriqlar ko’rsatilgan va asoslangan.
M.L.Boltayevaning [15] dissertatsiyasida umumiy fizika kursini o’qitishda
talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirishning pedagogik dasturi
11
ta’minoti yaratilgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
bir ko’rinishi sifatida kompyuterdan foydalanish yo’llari o’rganilgan.
X.M.Mahmudova [33] ning dissertatsiyasida umumiy fizika kursining «Optika»
bo’limida laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda yangi axborot texnologiyalari
asosida avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi dastur tizimi «test-
trening» dasturlari hamda mavzular bo’yicha kompyuterli o’quv senariylardan
foydalanish, o’qitishning umumiy sifatini yaxshilashga ijobiy ta’siri o’rganilgan.
V.M.Kolikova [29] fizikadan laboratoriya praktikumini talabalarning
mustaqil tadqiqotga o’rgatish vositasi sifatida qaragan. A.Abduqodirov [8],
M.Djorayev [24], G.Safayevalarning [43] ishlari esa fizika o’qituvchilarining
informatsion tayyorgarligini ta’minlash muammolariga qaratilgan.
Ammo,
bu
tadqiqotlarda
bo’lajak
o’qituvchilarning
eksperimental
ko’nikmalarini shakllantirishning yagona sistemasini yaratishga doir metodika
yetarlicha o’rganilmagan, shu bilan birga kompyuter texnologiyalaridan foydalanib
o’qitish uslublarining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari va uni amalga
oshirish usullari ishlab chiqilmagan.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi ishlarning tahlili pedagogika oliy ta’lim
muassasalari
bo’lajak
fizika-astronomiya
o’qituvchilari
eksperimental
ko’nikmalarini shakllantirish va olingan natijalarni kompyuter yordamida
avtomatlashtirish, umumiy fizika kursining laboratoriya praktikumini mazmuni va
shaklini umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi
muassasalarida fizika o’qitish hamda o’qituvchi kadrlar tayyorlash muammolari
bilan uzviy bog’liq holda o’rganilmaganligini ko’rsatmoqda. Yuqorida keltirilgan
ob’ektiv fikr va mulohazalar natijasida tadqiqotimizning mavzusini
Do'stlaringiz bilan baham: