Limfosit- o’lchami 7-14mkm, yumaloq shakldagi hujayra. Yadro hujayraning ko’p qismini egallab, odatda sitoplazmaning yarim oysimon ensiz gardishini qoldiradi xalos, yadro yumaloq, ba’zan kichkina botiqchasi bor; granulositlar yadrosiga nisbatan bir muncha intensive bo’yaladi, ba’zan limfositlarning yadrolarida yadrocha farq qilinadi. Limfositlar perenuklear zona borligi bilan farq qiladi. Bu zona katta o’lchamli limfositlarda kamroq ifodalangan, ayrim limfositlar sitoplazmasida olcha rang – qizil (azurofil) donadorlik aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |