O’zbek adabiy tilining undosh tovushlari.
Har bir til o’ziga xos undoshlar tizimiga ham ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm
deb ataladi.
Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrashi bilan sifatlanadi.
O’zbek adabiy tili undoshlar tizimi quyidagi fonemalardan iborat: b, v, g, d, z, j, y, q, l, m, n, o,
p, r, s, t, f, h, ch, sh, g, h, ng
Adabiy tilida 23 ta undosh tovush bo’lib, ularni hosil qilishda o’pkadan chiqayotgan havo
oqimi nutq a’zolarining biror yerida yuzaga kelgan to’siqdan o’tishi, ya’ni nutq a’zolarining bir-
biriga jipslashishi natijasida shovqin paydo bo’ladi, o’pkadan chiqayotgan havo esa uni yorib
o’tishi yoki nutq a’zolarining bir-biriga yaqinlashishi, havoning juda tor oraliqdan sirg’alib
o’tishi natijasida undosh tovushlar hosil bo’ladi.
2. Undosh tovushlarni tasnif qilishda quyidagilar hisobga olinadi:
1)un paychalarining harakati va holatiga ko’ra ovoz va shovqinning ishtirok etishi;
2)artikulyatsiya usuli (tovushning hosil bo’lish usuli);
3)nutq a’zolarida to’siqning paydo bo’lish o’rni.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra undosh tovushlar sonorlar va shovqinlarga
bo’linadi.
Sonor (lotincha sonorus – «ovoz», «ohangli») undoshlarning talaffuzida ovoz paychalari
titrab, shovqinga nisbatan ovoz ko’proq hosil bo’ladi: m,n,(ng),l,r. Shovqinli undoshlarda esa
ovozga nisbatan shovqin ko’proq bo’ladi: t,q,sh,ch kabi.
Shovqinli undoshlar o’z xususiyatiga ko’ra ikki xil: jarangli undoshlar va jarangsiz
undoshlar.
Jarangli undoshlarning aytilishida shovqinga qisman ovoz quyiladi, chunki bu
tovushlarning hosil bo’lishida ovoz paychalari qatnashadi. Jarangsiz undoshlar esa, asosan,
shovqindan iborat bo’ladi, chunki ularning talaffuzida ovoz paychalari qatnashmaydi. O’zbek
tilida jarangli undoshlarning ko’p qismiga jarangsiz undoshlar juft bo’ladi:
Jarangli b, v, d, z, j, g, g, y, l, m, n, ng,r
Jarangsiz p, f, t, s, sh, q, k, h, x,ch
Tovushning hosil bo’lish usuliga qarab undosh tovushlar uchga bo’linadi: 1) portlovchi
tovushlar; 2) sirg’aluvchi tovushlar; 3) qorishiq tovushlar. Sonorlar esa, o’z navbatida, burun
tovushlari –m, -n, -ng, yon tovush –l, titroq tovushga -r bo’linadi.
Portlovchi undoshlar talaffuzida nutq a’zolari bir-biriga jipslashadi va havo oqimi ularni
yorib (portlab) chiqadi: b, p, d, t, g,q, k kabi.
Sirg’aluvchi undoshlarning talaffuzida nutq a’zolari bir-biriga juda yaqinlashadi va havo
oqimi shu a’zolarga ishqalanib chiqadi: v, f, z, s, j, sh, y, h, g, h.
Qorishiq yoki affrikat undoshlarning talaffuzi ikki xil usul (boshlanishida portlash,
oxirida sirg’alish) ishtirokida hosil bo’ladi: ch=t+sh.
Burun undoshlarining (m, n, ng) talaffuzida kichik til salgina pastga tushib, havo oqimi
burun bo’shlig’idan o’tadi.
L undoshi yon tovushdir. Uning aytilishida tilning uchi milkka tegib, ikki yoni salgina
pasayadi va bo’shliq qoladi, havo oqimi shu yerdan sirg’alib chiqadi. R undoshining aytilishida
havo oqimining ta’siri bilan til uchi titraydi, ayni vaqtda nutq a’zolari tez-tez jipslashadi, ana shu
jipslashish r titroq tovush hisoblanadi.
Nutq a’zolarida to’siqning paydo bo’lish o’rniga qarab undosh tovushlar uchga bo’linadi:
1) lab undoshlari 2) til undoshlari 3) bo’g’iz undoshi.
Lab undoshlarining hosil bo’lishida pastki va ustki lablar faol ishtirok etadi.
Lab undoshlari o’z navbatida lab-lab undoshiga va lab-tish undoshiga bo’linadi.
Lab-lab undoshlari ikki labning faol ishtirokida hosil bo’ladi: b, v, m, p, (v tovush rus
tilidan o’zlashgan so’zlarda lab tish undoshiga moyil).
Lab-tish undoshi pastki lab bilan ustki tishlar ishtirokida hosil bo’ladi: f
Til undoshlari tilning qaysi qismi faol harakat qilishiga qarab uchga bo’linadi:
1) til oldi undoshlari; 2) til o’rta undoshi; 3) til orqa undoshlari. Til oldi undoshlari til
uchi yoki old qismi bilan milk va yuqori tishlar ishtirokida hosil bo’ladi: d, t, l, n, r, z, s, sh, j, ch.
Y tovushi til o’rta undoshi bo’lib, til o’rta qismining qattiq tanglay tomon ko’tarilishi
asosida hosil bo’ladi. Til orqa undoshlari (g, q, n, (ng), q, g, h) hosil bo’lish o’rniga ko’ra ikki
xil. Til orqa qismining yumshoq tanglayga tegishi natijasida hosil bo’lgan g, q, n, (ng) tovushlari
sayoz til orqa undosh deyiladi. Til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi ishtirokida hosil
bo’lgan g’, q, x tovushlari chuqur til orqa undoshi deyiladi.
Bo’g’iz undoshi (h) havo oqimining bo’g’iz bo’shlig’iga ishqalanib o’tishi natijasida
hosil bo’ladi. Undosh tovushlar tasnifini quyidagi chizilma orqali ko’rib o’tamiz:
Undoshlar tasnifi
Ovoz va shovqinning
ishtirokiga ko’ra
Hosil bo’lish
usuliga ko’ra
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
Bo’g’iz
tovushi
Lab tovushlari Til tovushlari
Lab
lab
Lab
tish
Til
oldi
Til
o’rta
Til orqa
Sayoz
Chuqur
Sonorlar
Shovqin
lilar
Jarangli
Portlov
chilar
B
D
G
Jarangsiz
P
T
K
Q
Jarangli
Sirg’a
luvchilar
V
(V)
Z,J
Y
G’
Jarangsiz
F
S,
SH
X
H
Jarangli
Qorishiqlar
Jarangsiz
CH
jarangli
Burun
tovushlari
M
N
N (ng)
Yon tovush
L
Titroq
tovush
R
Nutqda har xil undoshlarning qator kelishi bilan birga bir xil undoshlar ham qator kelishi
mumkin. O’zbek tilida qo’sh undoshlar asosan, so’z o’rtasida keladi: sodda, lazzat, achchiq. Rus
tili orqali o’zlashgan so’zlarda qo’sh undoshlar so’z oxirida ham qo’llaniladi: gramm, metall.
Qo’sh undoshlarning ma’no farqlashga ham xizmat qilishini e’tiborga olish lozim: qattiq-
qatiq, sodda-soda, billur-bilur. Bunday so’zlarda bitta undosh tushib qolsa ham xato bo’lmaydi,
ikkinchi bir ma’noli so’z hosil bo’ladi. O’zbek tilidagi qo’sh undoshlar o’zak oxiridagi
undoshdan keyin shunday tovush bilan boshlanadigan qo’shimcha qo’shish, o’zak oxiri yoki
qo’shimcha boshidagi tovushlarning o’zgarishi sifatining kuchaytirma shakli yasalishi bilan hosil
bo’ladi: eshit+tir, gul+lar, tog’+ga=toqqa, tug’+gan=tuqqan kabi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Undosh tovushlar qanday tovushlar?
2. Undosh tovush qaysi jihatlariga ko’ra tavsif qilinadi?
3. Qo’sh undoshlarning ma’no farqlashi deganda nimani tushunasiz?
Tayanch tushunchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |